Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baxmutdagi ukrain askarlari va evakuatsiya vaqti jon bergan ayol. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 354-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar
- Yevgeniy Prigojin «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi jangchilari Baxmutdan yetti kilometr masofadagi Krasnaya Gora posyolkasini egallaganini ma’lum qildi.
- Volodimir Zelenskiy Rossiya bilan aloqador bo‘lgan 200 nafar jismoniy shaxslarga sanksiyalar qo‘lladi. Ular orasida — Rosenergoatom rahbari Andrey Petrov va Vladimir Putinning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov ham bor.
- Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi so‘nggi ikki haftada Rossiya Ukrainaga bosqin boshidan buyon eng jiddiy yo‘qotishlarga uchragan bo‘lishi mumkinligini xabar qildi.
- AQSh elchixonasi ikki davlat fuqaroligiga ega shaxslar majburan safarbar qilinishi mumkinligi tufayli Amerika fuqarolarini Rossiyani tark etishga chaqirdi.
Kun kadri. Svyatogorskda portlab ketgan Rossiya tanki
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Baxmut g‘arbidagi Chasiv Yar shahridan evakuatsiya jarayoni
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Kramatorskdagi hayot
Ukraina nazoratidagi Kramatorsk shahri bosib olingan Donetsk shahridan yuz kilometr shimolda joylashgan. RF qo‘shini shaharni muntazam ravishda o‘qqa tutadi: xususan, 1 fevral kuni kechqurun rossiyaliklar raketasi Kramatorsk markazidagi ko‘p qavatli uyga kelib tushgan, besh kishi halok bo‘lgan.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Mikolayivda ichimlik suvi bilan bog‘liq holat
Jose Colon Toscano / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Jose Colon Toscano / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Baxmutdagi ukrain askarlari
Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning ma’lum qilishicha, ukrain harbiylari Baxmut shahrini himoya qilishda davom etmoqda — Donetsk oblastidagi bu shaharga Rossiya qo‘shini 2022 yil iyulidan buyon to‘xtovsiz hujum qilmoqda. 12 fevral kuni Vagner XHK rahbari Yevgeniy Prigojin Baxmutdan yetti kilometr shimoldagi Krasnaya Gora posyolkasi egallangani haqida xabar berdi. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi va RF mudofaa vazirligi bu xabarga izoh bermagan. Quyidagi suratlarda yarim yillik qamaldan keyingi Baxmut ko‘chalaridagi vaziyat aks etgan.
Chasiv Yarda Maksim Gorkiy haykali
Mavzuga oid
18:01 / 07.12.2025
AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch kunlik muzokaralarda o‘sishga erishilmadi
09:22 / 07.12.2025
Rossiya yana Ukrainaga dronlar va raketalar bilan hujum qildi
01:22 / 07.12.2025
AQSh Ukrainaga ko‘proq qurol yetkazib berishni va’da qildi – OAV
21:54 / 06.12.2025