796 mln so‘mlik korrupsiogen davlat xaridi: aka-ukadan qaysi biri g‘olib chiqqani 6 daqiqada aniq bo‘lgan
Toshkent viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi yirik davlat xaridi bo‘yicha tanlovni aka-ukalarga tegishli kompaniyalar ishtirokida o‘tkazgan. Xarid komissiyasi raisi, a’zolari va kotibi 6 daqiqa ichida bitta kompyuterdan xarid natijalarini baholab, qariyb 800 mln so‘mlik uskunalar sotib olishga doir bayonnomani rasmiylashtirib yuborgan.

Foto: Getty Images
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘tkazgan monitoring natijasida, joriy yil 10 fevral kuni Toshkent viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi o‘tkazgan 796 million so‘mlik tibbiy asbob-uskunalar uchun davlat xaridida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning 5 moddasi talablari buzilgani aniqlandi.
Agentlik xabariga ko‘ra, mazkur qonunning 10-moddasi (Raqobat va xolislik prinsipi), 23-moddasi (Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi), 14-moddasi (Manfaatlar to‘qnashuvi), 42-moddasi (Ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish shartlari) va 46-moddasi (Davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) talablari buzilgan.
Davlat xaridlarida ishtirok etgan talabgorlar yaqin qarindosh – aka-ukalarga tegishli bo‘lgan, ya’ni o‘zaro affillangan.
«Mazkur davlat xaridi bo‘yicha Xarid komissiyasi tomonidan foydalangan kompyuterlarning IP-manzillari ma’lumoti o‘rganilganda xarid komissiyasi raisi, a’zolari (ovoz berib baholash vakolatiga ega) va komissiya kotibi tomonidan 2023 yil 10 fevral kuni soat 21:05 dan 21:11 gacha, ya’ni o‘rtacha 6 daqiqa vaqt ichida IP-manzili bir kishiga tegishli bo‘lgan kompyuter orqali boshqarilib, xarid natijalari baholangani va bayonnoma rasmiylashtirilgani ma’lum bo‘ldi», – deyiladi aksilkorrupsion organ bayonotida.
Agentlik xarid komissiyasi bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritgan. Shuningdek, chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborilgan. Holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligiga ham so‘rovnoma yuborilgan.
Toshkent viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tomonidan 2023 yil 13 fevral kuni Agentlikka taqdim etilgan xatga ko‘ra, taqdimnomada qayd etilgan kamchiliklar bartaraf etilib, xarid komissiyasi bayonnomasi bekor qilingan.
Bayonotda qonun talablarini buzgan mansabdorlarga jazo choralari qo‘llangani haqida ma’lumot berilmagan.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropaning oltita davlati «Rossiyaga bosim o‘tkazishni» davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 01:11
-
Britaniyaliklar to‘liq ofisga qaytishdan ko‘ra ishdan bo‘shashni afzal ko‘rmoqda - tadqiqot
Jamiyat | 00:46
-
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 00:20
-
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi
Jahon | 23:40 / 31.03.2025
Mavzuga oid

23:07 / 25.03.2025
Toshkent viloyatining ba’zi hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

16:25 / 20.03.2025
Milliy tibbiyot markazida komadagi bemorga jigar ko‘chirib o‘tkazildi

20:30 / 18.03.2025
Toshkent viloyatida 29 ta kichik va mikro GES quriladi

09:13 / 17.03.2025