Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Kiyev uchun 522 million dollarlik o‘q-dorilarga buyurtma berdi
Ukraina uchun artilleriya snaryadlarini ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma Northrop Grumman Systems va Global Military Producs mudofaa konserni tomonidan qabul qilindi. Birinchi yetkazib berish mart oyida amalga oshirilishi kerak.
Foto: Reuters
AQSh hukumati Ukraina armiyasi uchun 522 million dollar (486 million yevro) miqdorida artilleriya o‘q-dorilarini ishlab chiqarishga buyurtma berdi, deb xabar qildi seshanba, 14 fevral kuni AQSh Qurolli kuchlari matbuot xizmati.
Ta’kidlanishicha, ushbu buyurtma ikkita mudofaa konserniga topshirilgan: Northrop Grumman Systems va Global Military Producs. Ushbu shartnoma bo‘yicha ishlab chiqarilgan o‘q-dorilarning birinchi partiyasi mart oyida yetkazib berilishi kerak.
Avvalroq, 13 fevral kuni NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Ukraina armiyasi hozirda G‘arbda ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan o‘q-dorilarni sezilarli darajada ko‘proq ishlatayotganini ma’lum qilgandi. «Ukraina armiyasida o‘q-dorilarni ishlatishning hozirgi darajasi bizning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarimizdan bir necha baravar yuqori. Bu bizning mudofaa sanoatimizga bosim o‘tkazmoqda. Shuning uchun ishlab chiqarishni ko‘paytirish va ishlab chiqarish quvvatiga sarmoya kiritish kerak», - dedi u.
Myunxendagi Bundesver universitetining xavfsizlik bo‘yicha eksperti Frank Zauer ham DW nashriga bergan intervyusida havo hujumidan mudofaa tizimlari va jangovar tanklar kabi muhokama qilinadigan mavzular oldidan Ukrainada o‘q-dorilar yetishmasligini «hozirgi asosiy muammo» deb bilishini ta’kidladi.
Mavzuga oid
19:16 / 20.01.2026
Ukraina bo‘ylab yangi zarbalar: Kiyevda yana 6 mingta ko‘p qavatli uy issiqliksiz qoldi
16:12 / 20.01.2026
Oltin va kumush narxi tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi
13:50 / 20.01.2026
Sizning JCh-2026 uchun chiptangiz: O‘zbekiston fuqarolari AQSh turist vizasini qanday olishlari mumkin?
11:33 / 20.01.2026