15:20 / 15.02.2023
27036

Baxmutdagi ukrain askarlari, Donbassdan shoshilinch evakuatsiya. Urush suratlari

Ukrainada urushning 356-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • RF TIVdagilar Moldovaning Rossiya ushbu mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirmoqchi ekani haqidagi bayonotini «asossiz va dalillanmagan» deb atadi.
  • General-leytenant Oleksandr Pavlyuk Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikovning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi, u urush boshida Kiyev mudofaasiga rahbarlik qilgandi. Shuningdek, Reznikov Pavlyukdan tashqari Ukrainaning Kanadadagi sobiq elchisi Andrey Shevchenko va «Vernis jivym» xayriya tashkiloti asoschisi Vitaliy Deyneganing nomzodlarini ham o‘z o‘rinbosarligi uchun ko‘rsatgandi.
  • «DXR» hududida mahalliy rasmiylar buyrug‘i bilan YouTube faoliyati sekinlashtirildi. Shuningdek Google xizmatlarini to‘liq bloklash jarayoni boshlandi — Android gadjetlari egalari endi Google Play’dan ilovalar ko‘chirib ololmaydi.

Baxmutdagi vaziyat

G‘arb harbiy ekspertlari hisobotlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlarining Baxmutdagi holati (Donetsk oblastidagi bu shahar uchun yarim yildan buyon og‘ir janglar ketmoqda) borgan sari yomonlashmoqda. AQSh prezidenti ma’muriyati Milliy xavfsizlik kengashi qayd etishicha, rossiyalik harbiylar «so‘nggi 24–48 soatda bosqichma-bosqich ilgarilagan», ammo Baxmutning olinishi urushning borishida strategik ahamiyatga ega bo‘lmaydi.

Amerikadagi Urushlarni o‘rganish instituti mutaxassislari esa, aksincha, Ukraina qurolli kuchlarining shaharni oxiriga qadar mudofaa qilish qarori strategik asoslangan deb hisoblaydi, chunki bu shahar uchun janglarda Kreml yurish uchun katta miqdordagi resurslarni sarflashga majbur bo‘lmoqda. Shu bilan birga, amerikalik mudofaani rejalashtirish bo‘yicha ekspertlar qayd etishicha, Baxmut mudofaasi uchun juda katta kuch tashlash tufayli Ukraina bahorda yirik qarshi hujum boshlay olmasligi mumkin — tahlilchilar fikricha, Ukraina qo‘mondonligi hozirda birinchi navbatda bahorgi yurishga asosiy e’tiborni qaratishi darkor.

14 fevral kuni «Vagner» asoschisi Yevgeniy Prigojin Baxmut uchun janglarni «og‘ir» deb atadi va buni «qirpichoq» bilan tenglashtirdi. Avvalroq Prigojin shaharning olinishi Rossiya qo‘shinlariga «qulayroq sharoitlarda harakatlanish» imkonini taqdim etishi haqida gapirgandi. RF mudofaa vazirligi o‘zining so‘nggi svodkasida Baxmut haqida eslab o‘tmagan.

Volodimir Zelenskiy ukrainlar Baxmutni qancha zarur bo‘lsa shuncha vaqt davomida mudofaa qilishini aytgan va Ukraina qurolli kuchlariga shaharni G‘arbning yangi harbiy texnikalari yetib kelguniga qadar ushlab turishni buyurgan.

John Moore / Getty Images
Baxmut ko‘chalarida navbatchilik qilayotgan ukrainalik harbiy. Foto: John Moore / Getty Images
Baxmut markazidagi vayrongarchilik
John Moore / Getty Images
Ukrainalik harbiy itni erkalamoqda. Devordagi yozuv «Sevgi» deb tarjima qilinadi
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Rossiyaning Donetsk oblastidagi yurishi fonidagi evakuatsiya

Chasiv Yardan evakuatsiya vaqtida keksa yoshli ayolga yordam berayotgan ko‘ngillilar. 20 kilometr sharqda joylashgan Baxmut uchun ta’minot yo‘llaridan biri Chasiv Yar orqali o‘tadi. Shu tufayli shahar so‘nggi vaqtlarda Rossiya qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutilmoqda
John Moore / Getty Images
Qizil xoch tashkiloti ko‘ngillilari Slovyansk aholisi vakillaridan birini tez yordam mashinasi orqali MSF («Chegarasiz shifokorlar») tibbiyot poyezdiga yuborishmoqda, bu poyezd front chizig‘idagi odamlarni nisbatan xavfsiz hududlarga evakuatsiya qiladi. Slovyansk ayni vaqtda Rossiya qo‘shinlari hujum qilayotgan Baxmutdan taxminan 50 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Chasiv Yar aholisi vakillari quyon solingan qafaslar va boshqa buyumlarini chanaga ortib ketmoqda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
MSF sanitar poyezdi xodimlari Pokrovskda yashovchi keksa yoshli kishiga yordam bermoqda. Ushbu aholi yashash manzili istilo ostidagi Donetsk shahridan taxminan 70 kilometr masofada joylashgan va Rossiya qo‘shinlari zarbalariga duchor bo‘lmoqda.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Ukrain harbiylarining Donetsk oblastidagi front chizig‘idagi pozitsiyasi 

Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top