O‘zbekiston | 13:23 / 15.02.2023
12875
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston bilan chegaradagi ikkita nazorat-o‘tkazish punkti ishi vaqtincha to‘xtatiladi

Foto: advice

2023 yil 15 fevral kunidan Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sirdaryo” va Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “S.Najimov” chegara bojxona posti orqali fuqarolar va yengil avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi

Bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Qozog‘istonning “Qazigurt” (“S.Najimov”) va “Atameken” (“Sirdaryo”) o‘tkazish punktlari rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan joriy yilning 15 fevralidan ushbu postlar orqali piyodalar, avtobus, yengil va yuk ko‘tarish qobiliyati 3,5 tonnagacha bo‘lgan yuk avtotransport vositalari harakati rekonstruksiya davrida vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Ushbu o‘tkazish punktlari orqali faqatgina yuk ko‘tarish vazni 3,5 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtotransport vositalari harakati davom etadi.

Fuqarolar ushbu o‘tkazish punktlariga muqobil sifatida ish tartibi kun-u tun bo‘lgan “G‘ishtko‘prik” va “Yallama” hamda ish tartibi kunning yorug‘ vaqtida bo‘lgan “Malik” va “Oq oltin” o‘tkazish punktlari orqali harakatlanishlari mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid