Jahon | 11:28 / 16.02.2023
15013
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Rossiyaliklar tomonidan otilgan 10 ta raketadan 8 tasi mulyaj bo‘lgan

Ukrainaning bir qancha viloyatlarida havo hujumi to‘g‘risidagi trevoga to‘xtatilishi haqida e’lon qilindi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

Foto: RIA Novosti

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, rossiyaliklar tomonidan otilgan 10 ta raketadan faqat ikkitasi haqiqiy bo‘lgan. 

Xabarlarda aytilishicha, qolgan raketalar mulyaj bo‘lib, ular «havo hujumidan mudofaa tizimini yolg‘on nishonlar bilan chalkashtirish va ularni aniqlashga majbur qilish maqsadida otilgan».

16 fevralga o‘tar kechasi butun Ukraina bo‘ylab keng ko‘lamli havo trevogasi e’lon qilindi. Ba’zi hududlarda, xususan, Poltava viloyatida havo hujumidan mudofaa tizimi ishlab ketdi.

Lviv viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Maksim Kozitskiy o‘qqa tutilish xavfi haqida ma’lum qildi va mintaqa aholisini boshpanalarda qolishga chaqirdi. Kremenchuk shahri meri Vitaliy Maletskiy ham portlashlar va raketa xavfi ortgani haqida xabar berdi.

Rossiya ommaviy axborot vositalari fuqarolarni ogohlantirish bo‘yicha rasmiy manbaga tayanib yozishicha, mahalliy vaqt bilan taxminan soat 02:40 da Kiyev shahri, Kiyev, Sumi, Poltava, Xarkiv, Cherkassk,   Kirovograd, Mikolayiv, Odessa, Dnipropetrovsk viloyatlari, shuningdek, Ukraina tomonidan nazorat qilinadigan Xerson, Zaporijjya viloyatlari, «DXR» va «LXR» hududlarida trevoga e’lon qilingan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid