Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya O‘zbekistonda xorijiy korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilyapti
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil 1 fevral holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 15 481 tani tashkil etgan.
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning ishtirokidagi korxonalar soni soni ko‘pligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 088 taga oshgan.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
- Rossiya – 3 151 ta;
- Turkiya – 2 152 ta;
- Xitoy – 2 104 ta;
- Qozog‘iston – 1 227 ta;
- Koreya – 903 ta;
- AQSh – 350 ta;
- Qirg‘iziston – 307 ta;
- Tojikiston – 293 ta;
- Ozarboyjon – 259 ta;
- Germaniya – 215 ta;
- Turkmaniston – 174 ta;
- boshqalar – 4 346 ta.
Mavzuga oid
13:12 / 19.01.2026
O‘zbekistonda 474,9 ming korxona: eng katta ulush savdo sohasiga to‘g‘ri kelyapti
10:16 / 19.01.2026
Kichik biznes yetakchi: korxonalarning 85 foizi mikrofirmalar
09:41 / 17.01.2026
O‘zbekistonda har 10 ta korxonaning qariyb 8 tasi MChJ
13:43 / 15.01.2026