Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 474,9 ming korxona: eng katta ulush savdo sohasiga to‘g‘ri kelyapti
2025 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda jami 474,9 mingta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda. Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida korxonalar soni tahlil qilinganda, eng katta ulush savdo sohasi hissasiga to‘g‘ri kelayotgani qayd etilgan.
Foto: Surasak_Ch / Shutterstock / FOTODOM
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, savdo sohasida 153 370 ta korxona va tashkilot faoliyat olib boradi. Bu ko‘rsatkich tadbirkorlik faolligida savdo va xizmatlar segmentining ulushi yuqoriligini ko‘rsatadi.
Korxona va tashkilotlarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha soni:
- savdo — 153 370 ta;
- boshqa sohalar — 122 982 ta;
- sanoat — 59 520 ta;
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi — 34 881 ta;
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar — 30 374 ta;
- qurilish — 30 343 ta;
- tashish va saqlash — 17 245 ta;
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar — 14 283 ta;
- axborot va aloqa — 11 901 ta.
Tahlillarga ko‘ra, savdo sohasida korxonalar sonining yuqoriligi ichki bozorda tovar aylanmasi faolligi, xizmat ko‘rsatish infratuzilmasining kengayishi va kichik biznesning ushbu yo‘nalishda faol rivojlanayotgani bilan izohlanadi.
Shu bilan birga, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida ham korxonalar ulushi barqaror saqlanib, iqtisodiyot tarmoqlarining turli yo‘nalishlarda o‘sib borayotganini ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
14:25
Telekom xizmatlari geografiyasi: hududlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar ochiqlandi
12:25
Hududlar kesimida savdo xizmatlari hajmi ma’lum qilindi
12:08
O‘zbekistonda yuk avtomobillari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi raqamlar e’lon qilindi
10:35