Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning 4 247 tasi qo‘shma, 13 917 tasi xorijiy korxonalar hisoblanadi. Shuningdek, so‘nggi 5 yilda bunday korxonalar soni 1,9 barobarga oshgan.
Milliy statistika qo‘mitasi keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha top-10 davlat quyidagicha:
- Xitoy — 5 044 ta;
- Rossiya — 3 181 ta;
- Turkiya — 2 137 ta;
- Qozog‘iston — 1 212 ta;
- Janubiy Koreya — 693 ta;
- Afg‘oniston — 635 ta;
- BAA — 414 ta;
- Tojikiston — 389 ta;
- Hindiston — 375 ta;
- AQSh — 340 ta.








