Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda har 10 ta korxonaning qariyb 8 tasi MChJ
2026 yil 1 yanvar holatiga respublikada 407,9 mingta tijorat tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Ularning 78,7 foizi, ya’ni 320,9 mingtasi mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) hissasiga to‘g‘ri keladi.
Milliy statistika qo‘mitasi keltirgan ko‘rsatkichlarga ko‘ra, O‘zbekistondagi tijorat tashkilotlarining asosiy qismi MChJ shaklida ro‘yxatdan o‘tgan. Bu esa amalda har 10 ta korxonaning qariyb 8 tasi MChJ ekanini anglatadi.
Qayd etilishicha, 2026 yil 1 yanvar holatiga 407,9 mingta tijorat tashkiloti orasida tashkiliy-huquqiy shakllar kesimida taqsimot quyidagicha:
- mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) — 320 870 ta (78,7 foiz);
- xususiy korxonalar — 46 866 ta (11,5 foiz);
- oilaviy korxonalar — 36 158 ta (8,8 foiz);
- aksiyadorlik jamiyatlari — 636 ta (0,2 foiz);
- boshqa shakllar — 3 320 ta (0,8 foiz).
Ma’lumotlarga ko‘ra, MChJdan keyingi yirik ulush xususiy korxonalar (11,5 foiz) va oilaviy korxonalar (8,8 foiz) hissasiga to‘g‘ri keladi. Aksiyadorlik jamiyatlari esa umumiy korxonalar sonida nisbatan kam ulushni tashkil etgan.
Shu tariqa, respublikada tijorat sub’yektlarining tashkiliy-huquqiy tarkibida MChJ shakli ustun ekani rasmiy statistikada yana bir bor aks etmoqda.
Mavzuga oid
12:36 / 19.02.2026
Yangi korxonalar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchi bo‘ldi
13:54 / 13.02.2026
Xitoy, Rossiya va Turkiya - O‘zbekistonda eng ko‘p korxona ochgan davlatlar
14:38 / 11.02.2026
Faol korxonalar soni bir yilda 9 foizga oshdi
15:04 / 26.01.2026