Beeline Uzbekistan – Tumaris.Expo ayollar IT startaplari ko‘rgazmasining titul hamkori
VEON Group tarkibiga kiruvchi Beeline Uzbekistan bir yildan beri Tumaris.TECH ayollarning IT-tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturi hamkori hisoblanadi. Loyihaning keng ko‘lamli yakuni joriy yilning mart oyida Astrum IT akademiyasida bo‘lib o‘tadigan ayollar tadbirkorlik tashabbuslarining xalqaro ko‘rgazmasi bo‘ladi. Ko‘rgazma tashkilotchisi IT Park Uzbekistan hisoblanadi. An’anaga ko‘ra, tadbirda VEON vakillari ham ma’ruzalar bilan chiqish qilishadi.
Markaziy Osiyoning Tumaris.Tech dasturi 2022 yilning fevral oyida ishga tushirilgan va boshidanoq digital-operator tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Shunday qilib, Beeline ishtirokida IT sohasida ishlayotgan qizlar uchun hakatonning 2-bosqichi o‘tkazildi. Hakatondan tashqari, yil davomida tashkilotchilar dastur ishtirokchilariga inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari orqali o‘z g‘oyalarini amalga oshirish va ularni yuqori sifatli biznes mahsulotiga aylantirishda yordam berishgan. Mazkur har tomonlama qo‘llab-quvvatlash natijalari Tumaris.Expo ko‘rgazmasida taqdim etiladi.
Tadbirda Markaziy Osiyoning barcha davlatlaridan 20 ta eng yaxshi IT-mahsulotlar, davlat tashkilotlari, xususiy kompaniyalar, venchur fondlar va biznes-farishtalar vakillari ishtirok etadi. Shuningdek, ishtirokchilar orasida muvaffaqiyatli tadbirkorlar, inflyuyenserlar, ommaviy axborot vositalari va blogerlar ham bor.
Biznes-dastur doirasida ayollarning texnologik tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlariga bag‘ishlangan konferensiyada VEON Group kompaniyasining digital mahsulotlari bo‘yicha direktori Djordj Xeldning nutq bilan chiqadi, u jahon IT-bozoridagi tendensiyalar haqida so‘z olib boradi. Loyiha doirasida ilk bor startap-battl bo‘lib o‘tadi, unda ko‘rgazma ishtirokchilari o‘zlarining innovatsion g‘oyalarini taqdim etishlari mumkin bo‘ladi. G‘olib tashkilotchilar tomonidan maxsus sovg‘a bilan taqdirlanadi.
“Biz uchun Tumaris.Techʼning asosiy vazifasi Markaziy Osiyo qizlarini mintaqaviy ayollar IT hamjamiyatiga birlashtirish, u yerda murabbiylik yordamini olishlari, loyihalarni boshlashlari va hamfikrlarni topishlari mumkinligidir. Biz ishtirokchilarning biznes haqidagi tushunchalarini oshirishga, ularga o‘zlarining eng murakkab g‘oyalarini hayotga tatbiq etishga yordam berishga, sun’iy idrok va elektron tijorat sohasidagi tendensiyalar haqida gapirishga harakat qildik. Loyihada Markaziy Osiyoning beshta davlatidan 1000 dan ortiq ishtirokchi ishtirok etgani va 100 dan ortiq yangi mahsulotlar yaratilganini inobatga olsak, biz loyiha maqsadiga erishdik, deb hisoblayman – va biz bu bilan cheklanib qolmoqchi emasmiz. Qizlar har doim Beeline Uzbekistan’dan professional yordam olishlari va mutaxassislarimiz maslahatiga tayanishlari mumkin”, - deya voqeani sharhladi Beeline Uzbekistan’ning xodimlarni boshqarish, tashkiliy rivojlanish va ma’muriy qo‘llab-quvvatlash bo‘limi direktori Sofiya Gaynutdinova.
“Tumaris.Tech loyihasi tadbirkor ayollarni biznesni tashkil etish va rivojlantirish uchun zarur ko‘nikma, bilim va resurslar bilan ta’minlash orqali IT-sohaga jalb etishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdir. Ushbu loyihaning maqsadi Markaziy Osiyo mintaqasida barqaror iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy rivojlanish va gender tengligini ta’minlashdan iborat. Bugungi kunga qadar ulkan ishlar amalga oshirildi va biz erishilgan natijalar Markaziy Osiyodagi tadbirkor ayollar hayotiga ko‘rsatgan ta’siridan faxrlanamiz. Ammo ish bu bilan to‘xtab qolmaydi, chunki kelajakda boshqa viloyatlardan kelgan ayollarga ham maksimal darajada va samarali ko‘mak berishni rejalashtirganmiz”, – dedi loyihaning bosh menejyeri Elvira Salavatova.
Tumaris.Expo xalqaro ko‘rgazmasi 2023 yilning 11 mart kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar uchun ro‘yxatdan o‘tish – quyidagi havolada
***
Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya holdingi tarkibiga kiradi.
VEON 7 mamlakatda 200 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlari provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.
Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,9 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.
Sayt: beeline.uz
Facebook: fb.com/beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: t.me/beelineuzbekistan
Twitter: twitter.com/beeline_uz
LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan/
Reklama
Mavzuga oid
18:00 / 06.11.2024
"Hamkoringizni biling: komplayens biznesga xavf-xatarsiz o‘sishda qanday yordam beradi" - Beeline Uzbekistan Toshkentdagi forumga taklif qiladi
18:00 / 04.11.2024
VEON O‘zbekistonda sun’iy intellektga asoslangan Hambi - «Hammasi Bitta» superilovasini ishga tushirdi
13:00 / 29.08.2024
Shaharlar, qishloqlar, avtomagistrallar: Beeline Uzbekistan butun mamlakat bo‘ylab tarmog‘ini kengaytirmoqda
10:00 / 05.08.2024