Kuleba: Hozircha hech bir davlat Ukrainaga qiruvchi samolyotlar va’da qilgani yo‘q
Kiyevni birinchi navbatda AQSh, Britaniya, Fransiya va Germaniya qiruvchi samolyotlari qiziqtiradi, deya ma’lum qildi Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba.

Foto: AFP
Ukraina hozircha hech bir davlatdan jangovar samolyotlar yetkazib berish bo‘yicha kafolat olmagan. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Germaniyaning Funke media-guruhi va Fransiyaning Ouest-France gazetasiga 16 fevral, payshanba kuni bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Shu paytgacha hech bir davlat qiruvchi samolyotlar yetkazib berish majburiyatini olmagan. Ammo Buyuk Britaniya kabi ba’zi hukumatlar ukrainalik uchuvchilarni G‘arb qiruvchilariga o‘rgatishini e’lon qilgan, boshqalari esa tez orada buni amalga oshiradi», - dedi Kuleba.
Unga ko‘ra, qiruvchilar dushman raketalarini urib tushirish orqali Ukraina havo mudofaasini qo‘llab-quvvatlashi mumkin edi. Bundan tashqari, ular «qarshi hujum uchun» muhim ahamiyatga ega. «Birinchi navbatda, bizni AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya qiruvchi samolyotlari qiziqtiradi», dedi vazir hamda bu davlatlar «eng yuqori ishlab chiqarish quvvatlari va eng yirik samolyot parklariga» ega ekanligini ta’kidladi.
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning fikricha, hozirda Ukrainadagi urushni diplomatik yo‘llar bilan tugatishga erishib bo‘lmaydi. «Menga diplomatik tashabbuslar orqali tinchlikka erishmoqchi bo‘lganlar yoqadi, chunki men o‘zim diplomatman. Lekin bunday tashabbus qanday amalga oshishi mumkin? Tinchlik bahosi Rossiyaning bosib olingan hududlarda qolishi bo‘lishi kerakmi?» - dedi Kuleba.
«Rossiya bilan har qanday muzokaralar boshida quyidagilar bo‘lishi kerak: Ukrainaning hududiy yaxlitligi to‘liq tiklanishi. Buni muhokama qilib bo‘lmaydi», - dedi u. Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, tinchlik va diplomatiya tarafdorlarining ko‘pchiligi «aslida faqat Ukraina Rossiyadan mag‘lub bo‘lishini xohlaydi».
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident administratsiyasida qator o‘zgarishlar ro‘y berdi
O‘zbekiston | 23:35 / 24.06.2025
-
Surxondaryo viloyati FVBga yangi boshliq tayinlandi
O‘zbekiston | 23:30 / 24.06.2025
-
Urush kundaligi: Isroil vayronalari
Jahon | 23:23 / 24.06.2025
-
AQSh O‘zbekiston fuqarolarining viza arizalarini qariyb 65 foizini rad etdi
Jahon | 23:12 / 24.06.2025
Mavzuga oid

16:46 / 24.06.2025
Balki eng zo‘r emasman, ammo Ukraina bilan urushdan chiqish uchun eng tajribaliman – Zelenskiy

15:03 / 24.06.2025
Ryutte: Kiyev NATO davlatlaridan harbiy yordamga ishonishi mumkin

13:06 / 24.06.2025
Rossiya tunda 97 ta dron bilan Ukrainaga hujum qildi

10:02 / 24.06.2025