Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Xitoy sayyohlik shaharlari o‘rtasida havo qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligida Shaanxi Tourism Group kompaniyasi huzuridagi New Silk Road Product Center direktori Xan Jongfeng va Zhejang Loong Airlines aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida Xitoydan O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga sayyohlar oqimini ko‘paytirish, maxsus qo‘shma sayohat yo‘nalishlarini ishlab chiqish, mamlakat mintaqalarining turizm salohiyatini Xitoyda targ‘ib qilish, ikki mamlakat turistik shaharlariga muntazam va charter havo qatnovlarini amalga oshirish, o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Turizm sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotgan O‘zbekiston-Xitoy turizmni rivojlantirish assotsiatsiyasi faoliyati yuqori baholandi.
Uchrashuv yakunida ikki mamlakatda sayyohlik agentliklarini ochish masalasini tezlashtirish, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi turistik infratuzilmaga ega tarixiy shaharlarda Shaanxi Tourism Group kompaniyasi mutaxassislari uchun info-turlar o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026