Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: «Al-Ittihodiya» saroyida O‘zbekiston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi
Bugun, 21 fevral kuni Qohiradagi «Al-Ittihodiya» saroyida rasmiy tashrif bilan Misr Arab Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Saroy oldidagi maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi O‘zbekiston rahbarini samimiy qarshi olib, maxsus shohsupaga taklif etdi.

Harbiy orkestr ijrosida ikki mamlakat milliy madhiyalari yangradi.
So‘ng davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.



Birgalikda suratga tushishdan so‘ng ikki tomonlama oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Mavzuga oid
10:21 / 26.02.2026
Misrda vafot etgan o‘zbekistonlik fuqaroning jasadi vatanga qaytarildi
12:40 / 24.02.2026
Misrlik talabalarni Qoraqalpog‘iston OTMga jalb etish taklif qilindi
19:17 / 15.02.2026
Misr kompaniyasi Jizzaxda ikkita shakar zavodi quradi
15:28 / 03.02.2026