O‘zbekiston va Misr Port-Saidda qo‘shma mahsulotlar tarqatish markazini ochadi
O‘zbekiston ishchi guruhining Misrga tashrifi doirasida Qohira shahrida ushbu mamlakatning yirik vazirlik va idoralari rahbarlari bilan ustuvor tarmoqlardagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokamasiga bag‘ishlangan bir qator uchrashuvlar o‘tkazildi.

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Misr savdo va sanoat vaziri Ahmad Solih bilan uchrashuvda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha kelgusidagi tadbirlar muhokama qilindi. Tomonlar Port-Said shahrida qo‘shma Sanoat kooperatsiyasi va mahsulotlar tarqatish markazini tashkil qilish, Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimni ishlab chiqish va imzolash, qo‘shma Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish va uning birinchi yig‘ilishini 2023 yilning ikkinchi yarmida Toshkent shahrida o‘tkazish bo‘yicha qator amaliy chora-tadbirlarni kelishib oldilar.
Xalqaro hamkorlik vaziri Raniya al-Mashat bilan Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Misr Hukumatlararo komissiyasining 7-yig‘ilishini joriy yilning sentabr oyida Toshkentda o‘tkazish, shuningdek, sanoat kooperatsiyasi sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni qisqa muddatda ishlab chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Air Cairo aviakompaniyasi raisi Husayn Sherif bilan suhbatda O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish va geografiyasini kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Misr tomoni yaqin orada Qohira-Toshkent-Qohira yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi. Aviakompaniya rahbari, shuningdek, kompaniyaning boshqa yo‘nalishlar bilan bir qatorda Xurgada va Sharm al-Shayxga reyslar sonini haftasiga 14 taga yetkazish niyati borligini ma’lum qildi.
Misr Investitsiyalar va erkin iqtisodiy zonalar agentligi Bosh direktori Xossam Xeyba bilan sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar o‘zaro sheriklikni yanada rivojlantirish uchun ulkan salohiyat mavjudligini qayd etib, har ikki mamlakat kompaniyalarining milliy bozorlarga chiqishiga ko‘maklashish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ko‘rishga kelishib oldilar.
Shu kuni O‘zbekiston-Misr biznes-forumi ham bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakatning 200 ga yaqin yetakchi kompaniyalari, jumladan, Misrning Orascom construction, Kandil Steel Group, Metco, ZAS, Giza Cable Industries, Shoura Chemicals, Polee Plast, Solarsol EG kabi kompaniyalari vakillari ishtirok etdi. Tadbir doirasida bir qator investitsiyaviy bitimlar va savdo shartnomalari imzolandi. Ular orasida Port-Said shahrida keyinchalik Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlariga eksport qilishga moslashgan o‘zbek to‘qimachilik korxonalarini tashkil etishga doir hujjatlar ham bor.
Mavzuga oid

09:03 / 03.07.2025
O‘zbekiston va Misr Sulton Sayfiddin Qutuz haqida film yaratishi mumkin

14:11 / 22.06.2025
Misrdan Toshkentga gepatitga qarshi dorining navbatdagi partiyasi olib kelindi

13:42 / 21.06.2025
Misrda O‘zbekiston texnologiyalari asosida traktor ishlab chiqariladi

21:04 / 09.06.2025