Pedagogika OTMga qabul ikki bosqichli imtihon orqali amalga oshirilishi mumkin
Pedagogika universitetlariga qabul ikki bosqichli imtihon orqali amalga oshirilishi mumkin. Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Foto: Kun.uz
Prezidentning 2022 yil 21 iyundagi qaroriga asosan, 2024/2025 o‘quv yilida tajriba-sinov tariqasida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga (alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bundan mustasno) qabul jarayonlari ikki bosqichda, jumladan birinchi bosqichda — dastlabki imtihon shaklida, ikkinchi bosqichda — kirish test sinovlari orqali amalga oshiriladi.
Bunda:
- dastlabki imtihon va kirish test sinovlari Davlat test markazi (hozirgi nomi Bilim va malakalarni baholash agentligi) tomonidan o‘tkaziladi;
- dastlabki imtihon doirasida abituriyentlarning pedagogik kasbga moyilligi o‘rganiladi;
- kirish test sinovlarida qatnashishga faqat dastlabki imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarga ruxsat etiladi.
2024 yil 1 yanvarga qadar Universitetning pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha vaqtinchalik tartib ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Shuningdek, qarorda tajriba-sinov natijalaridan kelib chiqib, pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga qabul imtihonlarini ikki bosqichda o‘tkazish tartibini pedagog kadrlar tayyorlovchi boshqa oliy ta’lim muassasalariga ham tatbiq etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish vazifasi belgilangan.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00
-
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
Jamiyat | 23:19
-
Chexiyada turistlar tog‘dan xazina topib oldi
Jahon | 23:16
-
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Sloveniyaga yetib bordi
O‘zbekiston | 23:10
Mavzuga oid

09:56 / 18.05.2025
O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi

11:48 / 02.05.2025
O‘zbekistonda Fransiya universitetini ochish rejalashtirilmoqda

15:26 / 29.04.2025
“Yangi O‘zbekiston” universiteti faoliyati takomillashtiriladi

12:12 / 29.04.2025