Jahon | 22:36 / 21.02.2023
15392
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQShning so‘nggi 30 yildagi eng yaxshi va eng yomon prezidenti deb topildi 

Amerikaliklar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomada eng yaxshi prezidentlar safiga Barak Obama, kenja Jorj Bush ham kirdi. 

Foto: Reuters

Aksariyat amerikaliklar AQSh sobiq prezidenti Donald Trampni so‘nggi 30 yildagi eng yaxshi va eng yomon davlat rahbari deb atadi. Bu haqda 19FortyFive yozdi. 

Rasmussen Repors tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda amerikaliklarning aksariyati bu ikki savolga javob sifatida aynan uning ismini tilga olgan. 

Qayd etilishicha, so‘rovda ishtirok etganlarning 36 foizi Trampni eng yaxshi prezident deb tan olgan, 30 foizi esa Oq uyning sobiq rahbari Barak Obamani nomlagan. Kenja Jorj Bush esa uchinchi bo‘lgan. 

Shu bilan birga, so‘rovda ishtirok etganlarning 41 foizi Trampni Amerikaning eng yomon rahbari deb aytgan bo‘lsa, amaldagi davlat rahbari Jo Bayden 39 foiz ovoz to‘plab, ikkinchi bo‘lgan. Barak Obama esa uchinchi o‘rinda qayd etilgan. 

So‘rovnoma Qo‘shma Shtatlarning barcha rahbarlariga bag‘ishlangan «Prezident kuni» nishonlanishiga to‘g‘ri keldi. So‘rovda ishtirok etganlarning atigi 20 foizi uni muhim bayram deb biladi, 26 foizi esa buni eng ahamiyatsiz bayram deb tan olgan. 

Mavzuga oid