Marosimda Alişer Navoiy jahon adabiyotining buyuk namoyandasi ekani, uning bebaho ijodi asrlar davomida odamlarni insonparvarlik, ma’rifat, tafakkur va özaro hurmatga çorlab kelayotgani ta’kidlandi.

Tbilisi şahridagi Alişer Navoiy haykali Özbekiston va Gurjiston xalqlari örtasida mustahkamlanib borayotgan döstlik riştalarining yana bir yorqin ramzi bölişiga işonç bildirildi.

Şu bilan Şavkat Mirziyoyevning Gurjistonga davlat taşrifi yakunlandi.

Şota Rustaveli nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Gurjiston boş vaziri Irakliy Kobaxidze kuzatib qöydi.