Bölib ötgan muzokaralar yakunida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Gurjiston boş vaziri Irakliy Kobaxidze strategik şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisidagi deklaratsiyani imzoladi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Şuningdek, delegatsiyalar rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almaşildi. Jumladan:

  1. Bojxona işlarida hamkorlik va özaro ma’muriy yordam töğrisida bitim;
  2. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlaştiriş sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
  3. Kasbiy va oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
  4. Özbekiston hukumati va Gurjiston hukumati örtasida 2026−2027 yillarga möljallangan hamkorlik dasturi;
  5. Özbekiston Madaniyat vazirligi va Gurjiston Madaniyat vazirligi örtasida 2027−2030 yillarga möljallangan hamkorlik dasturi;
  6. Özbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Gurjiston Moliya vazirligi örtasida özaro anglaşuv memorandumi;
  7. E-Permit ruxsatnomalar almaşinuvi axborot tizimini joriy etiş böyiça hamkorlik töğrisida memorandum;
  8. Qişloq xöjaligi sohasida özaro anglaşuv memorandumi;
  9. Atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi hamkorlik töğrisida memorandum;
  10. Soğliqni saqlaş sohasida özaro anglaşuv memorandumi;
  11. Radiatsiyaviy himoya va yadroviy xavfsizlik masalalari böyiça hamkorlik hamda axborot almaşiş töğrisida memorandum;
  12. Mehnat migratsiyasi sohasida özaro anglaşuv memorandumi;
  13. Turizm sohasidagi hamkorlik töğrisida memorandum.

Bundan taşqari, taşrif doirasida Özbekiston Boş prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan Gurjiston Adliya vazirligining Majburiy ijro byurosi örtasida hamkorlik töğrisida memorandum ham imzolandi.