Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yanvarda eng ko‘p Rossiya kapitali ishtirokida yangi korxonalar tashkil etilgan
Yanvarda eng ko‘p qaysi davlatlarning kapitali ishtirokida yangi korxonalar tashkil etilgani haqida ma’lumot berildi.
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar oyida respublikada xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar sonida Rossiya yetakchilik qilmoqda – 66 ta.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
— Xitoy – 23 ta
— Turkiya – 18 ta
— Qozog‘iston – 15 ta
— Koreya – 7 ta
— Tojikiston – 5 ta
— AQSh – 4 ta
— Qirg‘iziston – 2 ta
— Turkmaniston – 2 ta
— boshqalar – 65 ta.
Mavzuga oid
20:43 / 15.06.2026
Xorijdagi biznesga 200 ming dollargacha investitsiya kiritishga ruxsat berildi
10:07 / 04.05.2026
Chet el valutasida obligatsiya chiqarishga ruxsat berildi
13:23 / 13.01.2026
Qozog‘iston kapitali ishtirokidagi korxonalar: eng katta ulush savdoda
13:45 / 24.12.2025