Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya kapitali ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi Toshkent hissasiga to‘g‘ri keldi
2025 yil 1 dekabr holatiga O‘zbekistonda Turkiya kapitali ishtirokida 2 109 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning katta qismi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 dekabr holatiga O‘zbekistonda Turkiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 2 109 tani tashkil etgan.
Qayd etilishicha, ushbu korxonalarning 487 tasi qo‘shma, 1 622 tasi esa xorijiy korxona hisoblanadi.
Hududlar kesimida eng katta ulush Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelib, bu yerda 1 292 ta Turkiya kapitali ishtirokidagi korxona faoliyat yuritmoqda. Toshkent viloyatida esa ular soni 288 tani tashkil etgan.
Qolgan hududlarda ko‘rsatkichlar quyidagicha qayd etilgan: Samarqand — 111 ta, Farg‘ona — 70 ta, Andijon — 57 ta, Jizzax — 55 ta, Buxoro — 44 ta, Namangan — 42 ta, Xorazm — 31 ta, Navoiy — 30 ta, Surxondaryo — 30 ta, Sirdaryo — 22 ta, Qashqadaryo — 19 ta, Qoraqalpog‘iston — 18 ta.
Umuman olganda, Turkiya kapitali ishtirokidagi korxonalar geografiyasida Toshkent shahri va Toshkent viloyati yetakchi o‘rinni egallamoqda, bu esa turk sarmoyasi, asosan, yirik bozor va infratuzilma imkoniyatlari yuqori bo‘lgan hududlarda jamlanayotganini ko‘rsatadi.