Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona va Andijonda yer silkinishi qayd etildi
Farg‘ona va Andijonda Tojikistonda yuz bergan zilzila kuchi sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilmoqda.
23 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:24 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 38,2 gradus shimoliy kenglik; 73 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=5. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 470 km janubi-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Farg‘ona viloyatida 2 ball, 264 km;
- Andijon viloyatida 2 ball, 292 km.
Bundan oldin ham Tojikistonda yuz bergan zilzila O‘zbekistonning deyarli barcha hududida sezilgandi.
Tojikistonda 23 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:37 da sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning vodiy viloyatlarida 4 ballgacha, qolgan viloyatlarda 3 ballgacha sezildi. Tojikistonda 4,5 va 4,2 magnitudali yana 4 ta aftershok qayd etildi.
Mavzuga oid
19:37 / 07.02.2026
Farg‘onada nohaq ayblanib qamalgan bojxona inspektori 15 yildan so‘ng oqlandi
14:35 / 05.02.2026
Farg‘ona va Quvasoyda 175 mln dollarlik agrologistika markazlari quriladi
14:02 / 05.02.2026
Farg‘onada 4,2 mlrd dollarlik loyihalar ishga tushiriladi
18:19 / 04.02.2026