IFJ Rossiya Jurnalistlar uyushmasi a’zoligini to‘xtatdi
Xalqaro jurnalistlar federatsiyasi Ukrainaning bosib olingan hududlarida Rossiya Jurnalistlar uyushmasi bo‘limlarini tashkil etishni nomaqbul deb hisobladi.
Xalqaro jurnalistlar federatsiyasi (IFJ) Rossiya Jurnalistlari uyushmasi a’zoligini to‘xtatdi, deb xabar qildi IFJ 22 fevral, chorshanba kuni federatsiya ijroiya qo‘mitasi a’zolari tomonidan o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga tayanib.
IFJ press-relizida aytilishicha, qaror Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi va annexia qilingan Ukraina hududlarida Rossiya Jurnalistlari uyushmasi bo‘limlarini tashkil etishidan keyingi uyushma harakatlariga oid tekshiruvdan so‘ng darhol kuchga kiradi, Rossiya Jurnalistlar uyushmasi ushbu qarorni qayta ko‘rib chiqishdan bosh tortdi.
"IFJ xalqaro birdamlikka, a’zo uyushmalar o‘rtasidagi hamkorlik va barcha jurnalistlar huquqlarini hurmat qilish tamoyillariga asoslangan tashkilotdir. Rossiya Jurnalistlar uyushmasi tomonidan bosib olingan Ukraina hududlarida to‘rtta bo‘limning tashkil etilishi bu birdamlikni aniq yo‘q qildi", - dedi Xalqaro jurnalistlar federatsiyasi prezidenti Dominik Pradale.
Rossiya Jurnalistlar uyushmasi rahbari Vladimir Solovyov IFJ'ning Rossiya Jurnalistlar uyushmasi a’zoligini to‘xtatish haqidagi qarorini siyosiy va asossiz deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2014 yilda uyushma annexia qilingan Qrimda o‘z bo‘limlarini tashkil qilganida, xalqaro tashkilot tomonidan ularga nisbatan hech qanday da’vo bo‘lmagan.
Mavzuga oid
09:24 / 08.04.2023
Rossiya o‘ldirilgan jurnalistlar soni bo‘yicha Yevropada yetakchilik qilyapti
08:59 / 05.04.2023
Jurnalist Sohibjon Alijonov vafot etdi
09:26 / 24.03.2023
Belarusda jurnalistlarga yangi sud hukmlari chiqarildi
10:39 / 08.03.2023