Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada jurnalist Ponomarenkoga nisbatan uchinchi ish ochildi
Mariya Ponomarenkoga nisbatan badanga yengil shikast yetkazish moddasi bo‘yicha uchinchi jinoiy ish ochildi, deya xabar bermoqda uning tarafdorlari.
Rossiyada armiya haqidagi «feyk ma’lumotlarni» tarqatishda ayblanib sudlangan jurnalist Mariya Ponomarenkoga nisbatan uchinchi jinoiy ish ochildi. Bu haqda jurnalistga xayrixohlar tomonidan boshqariladigan «Svobodu Marii Ponomarenko!» Telegram-kanalidagi xabarda aytiladi. U 31 avgust, yakshanba kuni e’lon qilingan.
«Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 321-moddasi 2-qismi (badanga yengil shikast yetkazish) bilan Rubsovsk shahridagi IK-9da Mariya Ponomarenkoga nisbatan uchinchi jinoiy ish ochildi. U hozircha ko‘rsatma bergani yo‘q», — deyiladi postda. Mualliflar bu masala bo‘yicha boshqa tafsilotlarni keltirmaydi.
2022 yil aprel oyida RusNews jurnalisti Mariya Ponomarenko Mariupoldagi drama teatriga rossiyaliklarning zarbasi haqidagi posti tufayli Rossiya Qurolli kuchlari to‘g‘risida «feyk» xabar tarqatganlikda ayblanib qo‘lga olingan edi. 2023 yil fevral oyida u bu ish bo‘yicha olti yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Mavzuga oid
14:10 / 26.11.2025
Urush va OAV: haqiqat qayerda?
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025