Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda tamaki chekish dinga zid ekanini fuqarolarga uqtirgan yigit jarimaga tortildi
U sud tomonidan 6 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Foto: IIBB axborot xizmati
2023 yil fevral oyida ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs Toshkent shahri jamoat joyida fuqarolarga tamaki chekish bilan bog‘liq diniy yondashuvlar va tushunchalarni uqtirayotgani aks etgan videoyozuv tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, ushbu shaxs 1999 yilda tug‘ilgan A.X. ekani aniqlanib, profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
«O‘tkazilgan suhbat davomida fuqaro videorolikdagi shaxslarni tanimasligini, ularga tamaki chekishga nisbatan munosabatini o‘z tashabbusiga ko‘ra shaxsiy diniy qarashlaridan kelib chiqqan holda bildirganligini ma’lum qildi», deyiladi xabarda.
Qayd qilinishicha, A.X. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184-2-moddasiga (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) asosan, bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari (6 mln so‘m) miqdorida jarimaga tortilgan.
Toshkent shahar IIBB ma’lumot berishicha, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 25-moddasiga asosan, har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik, shuningdek 27-moddasiga binoan shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish huquqiga ega. Bundan tashqari, Konstitutsiyaning 31-moddasida har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqi belgilab qo‘yilgan.
Shuningdek, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunining 10-moddasiga binoan, mamlakat hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash va tarqatish dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olinganidan keyin amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

21:53 / 10.07.2025
“Medgorodok”dagi kabi voqea takrorlanmasligiga kafolat bormi?

18:33 / 10.07.2025
Bu yil Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi

16:51 / 10.07.2025
Toshkentda 26 ta ko‘cha tun-u kun ishlaydigan gavjum maskanga aylantiriladi

11:56 / 10.07.2025