Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Rossiyadan gaz import qilishdan bosh tortgach, 12 milliard yevro tejadi
Ember Climate tadqiqot markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainada urush boshlanganidan beri Yevropa Ittifoqi quyosh va shamoldan 50 teravatt-soatdan ko‘proq elektr energiyasi ishlab chiqargan, bu esa 90 teravatt-soat gaz importiga to‘g‘ri keladi.
Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli Rossiya gazini import qilishdan bosh tortganidan so‘ng, Yevropa davlatlari qayta tiklanadigan manbalardan elektr energiyasi ishlab chiqarishni kengaytirish natijasida 12 milliard yevro tejashga muvaffaq bo‘lishdi. Bunday xulosalarga 22 fevral, chorshanba kuni Ember Climate tahliliy markazi taqdim etgan tadqiqot mualliflari kelishdi. «Quvvatlarning kengayishi va qulay ob-havo sharoiti tufayli shamol va quyosh elektr stansiyalari urush boshlanganidan beri YeIda rekord miqdorda elektr energiyasi ishlab chiqardi», — deyiladi hisobotda.
2022 yilning martidan 2023 yilning yanvari oxirigacha YeI 2021-2022 yillarning shu davriga nisbatan 10 foizga ko‘proq shamol va quyosh elektr energiyasi ishlab chiqardi, deya qayd etadi tadqiqot mualliflari. Yevropa Ittifoqidagi barcha elektr energiyasining qariyb chorak qismi (23 foizi) ana shu manbalar hisobiga to‘g‘ri keladi - bu «yashil energiya»ga o‘tish davridagi eng yuqori ko‘rsatkich. Ko‘rsatilgan oylarda jami 50 teravatt-soat qo‘shimcha elektr energiyasi ishlab chiqarildi, bu 12 milliard yevroga teng 90 teravatt-soat gaz importiga to‘g‘ri keladi, deyiladi tadqiqotda.
Ember Climate hisob-kitoblari o‘rganish davridagi o‘rtacha energiya narxlariga asoslangan. Umuman olganda, markaz ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqiga tabiiy gaz importi 5 foizga qisqargan, martdan yanvargacha Rossiya gazining ulushi 16 foizni tashkil etgan bo‘lsa, Ukrainada keng ko‘lamli urush boshlanishidan oldin bu ko‘rsatkich 40 foizga yetgan.
Mavzuga oid
08:58 / 19.06.2026
Orbansiz sammit: YeI Ukraina bo‘yicha yagona pozitsiyaga keldi
08:22 / 19.06.2026
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
09:45 / 16.06.2026
Ukraina va Moldova YeI a’zoligi sari yana bir qadam tashladi
08:58 / 04.06.2026