Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kengaytirdi
Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi, ular 92 jismoniy va yuridik shaxsga ta’sir ko‘rsatdi. Bu haqda DW xabar bermoqda.
Foto: Reuters
Cheklov choralari, London ma’lumotlariga ko‘ra, «Rosatom» va «Gazprom» bilan bog‘liq bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga nisbatan joriy etilgan.
Avvalroq Buyuk Britaniya hukumati Ukrainaga qarshi urush uchun Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishini e’lon qilgandi.
Tashqi ishlar vaziri Jyeyms Kleverlining so‘zlariga ko‘ra, jazo choralari «Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiylari tayanadigan shaxslar va tashkilotlarga qaratilgan bo‘lib, Rossiyaga iqtisodiy bosimni tezlashtirish, uning harbiy mashinasiga putur yetkazish va Ukrainaning g‘alaba qozonishiga yordam berish uchun mo‘ljallangan».
Gap harbiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi oltita kompaniya, bitta tashkilot va Rossiya Federatsiyasining sakkiz fuqarosi haqida bormoqda.
Mavzuga oid
13:30 / 16.03.2026
Yanvarda 1,1 mingdan ziyod o‘zbekistonlik Buyuk Britaniya tomon yo‘l oldi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
18:02 / 10.03.2026
Britaniyalik 10 ming nafar yozuvchi matnsiz kitob chiqardi
15:19 / 06.03.2026