Dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘lishi ma’lum qilindi
Bugun respublikamizning shimoli-g‘arbiy hududlariga va kechga tomon qolgan hududlarga Rossiyaning Yevropa hududidan sovuq va nam havo massasi kirib keladi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kun davomida, qolgan hududlarda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat 15-20 daraja iliqni, shimolda 0-5 daraja iliqni tashkil etadi.
Shanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi. Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlarida kechasi va ertalab biroz qor yog‘adi Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha quruq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati pasayadi va hududlarda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, shimolda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Bugun va ertaga fronti kirib kelishida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
26 fevral kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning katta qismida harorat kechasi 2-5 daraja sovuqqacha pasayadi. Kunduzi quyosh hisobiga havo harorati 7-12 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Ushbu kunlarda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
Poytaxtda bugun kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 16-18 daraja iliq bo‘ladi.
Shanba kuni vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va ertalab 3-5 daraja iliqni tashkil etadi, kunduzi 0-2 daraja iliqqacha pasayadi.
Yakshanba kuniga borib, yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 2-4 daraja sovuq, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:27 / 13.11.2024
14 noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin
10:23 / 12.11.2024
13 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
15:45 / 11.11.2024
Hafta o‘rtalarida O‘zbekistonda kechasi havo harorati noldan pastga tushadi
12:21 / 11.11.2024