Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Prezident savdo majmuasidagi narxlar va xizmatlarni ko‘zdan kechirdi
Prezident Qarshidagi supermarketlardan biriga kirib, xaridorlar bilan suhbatlashdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev joylarga chiqqanda xalq ichiga kirib, aholi turmush darajasini yaqindan o‘rganadi. Turmush darajasi esa, avvalo, ichki bozordagi mahsulotlarda, narx-navoda namoyon bo‘ladi.
Yangi yil arafasida Qarshi shahrida ko‘p qavatli savdo majmuasi ishga tushgan edi. Unda oziq-ovqat, maishiy texnika, xo‘jalik mollari do‘konlari va ko‘ngilochar maskanlar joylashgan.
Bugun prezident ushbu majmuaga tashrif buyurib, oziq-ovqat va maishiy texnika do‘konlarini kirib ko‘rdi. Mahsulotlarning sifati va narxlariga e’tibor qaratdi. Ularning aksariyati mamlakatimizda ishlab chiqarilayotganini yuqori baholadi.


Xaridorlar bilan suhbatda davlat rahbari oziq-ovqat mahsulotlarining narxi va xizmatlar haqida ularning fikrlari bilan qiziqdi.





Mavzuga oid
08:30 / 05.03.2026
Dehqon bozorlarida savdo nuqtalarini noqonuniy sotish holatlari fosh etildi
21:28 / 27.10.2025
Kolorado konchilik maktabi bilan Kompetensiyalar markazi tashkil etiladi
19:29 / 27.10.2025
O‘zbekiston prezidenti AQSh delegatsiyasini qabul qildi
17:44 / 27.10.2025