Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 16 iyul kuni “mahalla yettiligi” faoliyatini yangiça taşkil qiliş böyiça ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Mahallalarda ijtimoiy yordamlar kölamini kengaytiriş masalasi muhokama qilindi. Joylarda ijtimoiy reyestrga kiritişni asossiz rad etiş yoki sun’iy ravişda reyestrdan çiqariş holatlari uçrayotgani tanqid qilindi.

Oqibatda ehtiyojmand oilalar ijtimoiy yordam oliş, farzandini boğça va tögarakka beriş kabi kafolatlangan xizmatlardan foydalana olmayapti. 184 ta mahallada bir oy içida kelgan 2 ming arizaning barçasi asossiz rad qilingan.

Bunday holatlar Böston, Oltinköl, Xovos, Toşloq, Şarof Raşidov, Uçquduq va Dehqonobod tumanlarida köpligi qayd etildi. Şu sababli reyestrga kiriş masalasida prezidentga murojaatlar yil boşidan 1,5 barobar oşib, 30 mingdan 46 mingga köpaygan.

Boş prokuraturaga ijtimoiy reyestr töğri yuritilişini qat’iy nazorat qiliş, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinçi örinbosari Şahnoza Mirziyoyevaga reyestr haqqoniyligi yuzasidan prezidentga muntazam axborot berib boriş topşirildi.

Mutasaddilar oldiga yil yakunigaça nogironlikni erta aniqlaş, xonadonlarni moslaştiriş, ijtimoiy uyga joylaştiriş kabi 25 turdagi xizmatni mahallaga tuşiriş vazifasi qöyildi.

Uç oyda demensiya va aqliy zaifligi bölgan şaxslar uçun 250 ta mahallada kunduzgi va uyda parvariş xizmati hamda “Madad” uylari, 75 ta mahallada özgalar parvarişiga muhtoj keksalar uçun “Faol hayot” dasturi, şuningdek, qarovsiz qolgan va zöravonlikka uçragan bolalar uçun “Qöllab-quvvatlaş markaz”lari taşkil etiladi.