Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 16 iyul kuni “mahalla yettiligi” faoliyatini yangiça taşkil qiliş böyiça ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Mahallalar budjetini mustahkamlaş böyiça yangi taşabbuslar ilgari surildi. Joriy yil mahallalar budjetiga 600 milliard söm mablağ qolişi reja qilingan edi.

Iyun oyidagi Prezident farmoni bilan mahallada qoladigan yer va mol-mulk soliğining uluşi 10 foizdan 15 foizga oşirildi. Sanitariya qoidalarini buzganlik va noqonuniy quriliş uçun jarimalarning 10 foizi mahallaga tuşadigan böldi.

Şuningdek, 5 ming kvadrat metrgaça böş binolarni mahallaning özi sotuvga çiqarişiga ruxsat berildi. Buning hisobidan mahallalar budjetiga yana 405 milliard söm tuşadi.

Endi mahalladagi noturar obektlardan tuşgan yer va mulk soliğining 5 foizi ham mahallaning öziga beriladi. Bu orqali mahallalar ixtiyorida yiliga yana 400 milliard söm mablağ qoladi.

Yil davomida eng köp tadbirkorlarni röyxatga olgan, eng köp yangi iş örni yaratgan, tuşum darajasi eng yuqori bölgan va eng köp qöşimça soliq bazasi topgan 200 ta mahallaga 2 milliard sömdan mukofot beriladi.

Umuman, yangi taşabbuslar hisobiga mahallalar budjetiga tuşum bu yil 1 trillion 600 milliard sömga, kelasi yildan esa 2 trillion sömga yetadi.