Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina: Rossiya bir yil ichida Ukrainaga qarata 5000 ta raketa uchirdi
Rossiya to‘liq miqyosli bosqin boshlanganidan beri Ukrainaga qarata 5 mingga yaqin raketa uchirdi, deb xabar berdi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi Bosh operativ boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, brigada generali Oleksiy Gromov brifingda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni, shuningdek, o‘tgan yil davomida 3500 ta havo hujumi va 1100 ga yaqin dron hujumlarini amalga oshirgan.
Faqat shu yilning fevral oyida Ukraina Qurolli kuchlari oltita samolyot, ikkita vertolyot, 80 ta qanotli raketa va 84 ta dushman dronini urib tushirishga muvaffaq bo‘ldi, dedi Gromov.
Uning qayd etishicha, Ukraina tomoniga ko‘ra, Rossiya armiyasining maqsadlari o‘zgarishsiz qolmoqda: Donetsk va Luhansk viloyatlarini yozgacha to‘liq bosib olish.
Mavzuga oid
16:13 / 22.06.2026
Ukraina Voronejdagi mudofaa zavodiga hujum qildi – fotolar
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
11:35 / 21.06.2026
Kapotnyadagi zavodga zarba oqibatlari. Kosmosdan ko‘rinish
22:13 / 19.06.2026