G7 Rossiyaga bosimni kuchaytirish qarori haqida e’lon qildi
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishining bir yilligi munosabati bilan «Katta yettilik» davlatlari Kiyevni «doimiy qo‘llab-quvvatlash», Moskvaga qarshi sanksiyalar joriy etish va Putinni javobgarlikka tortishga va’da berdi.
G7 davlatlari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi bir yilligi munosabati bilan e’lon qilgan bayonotda Kiyevni diplomatik, moliyaviy va harbiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, Rossiyaga bosimni kuchaytirish hamda «Prezident Putin va aybdorlarni xalqaro huquq qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortishga qat’iy niyatda» ekanini e’lon qildi. Hujjat matni 24 fevral, juma kuni e’lon qilindi.
G7 yetakchilari yana Rossiyani «davom etayotgan tajovuzni to‘xtatishga va o‘z qo‘shinlarini Ukrainaning xalqaro miqyosda tan olingan barcha hududidan darhol, to‘liq va so‘zsiz olib chiqib ketishga» chaqirdi. Bundan tashqari, hujjatda «Rossiyaning mas’uliyatsiz yadroviy ritorikasi qabul qilinishi mumkin emas» va kimyoviy, biologik, radiologik yoki yadroviy qurollardan har qanday foydalanish «jiddiy oqibatlarga olib kelishi» ta’kidlanadi.
«Biz Ukrainaning harbiy va mudofaa texnikasiga bo‘lgan favqulodda ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish tarafdorimiz, ayniqsa havo hujumidan mudofaa tizimlari, shuningdek, muhim o‘q-dorilar va tanklarga e’tibor qaratamiz», — deyiladi bayonotda. G7 shuningdek, Ukrainaga gumanitar, moliyaviy, energetika va iqtisodiy yordam ko‘rsatishni davom ettirishga va’da berdi.
«Katta yettilik» davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashda davom etishlarini va uchinchi davlatlarga Kremlga cheklovlarni chetlab o‘tishda yordam bermasliklari uchun bosim o‘tkazishlarini yana bir bor ta’kidladilar.
«Biz Rossiyaga o‘z yurisdiksiyalarimizdan sanoat tarmoqlarini rivojlantirish uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan ilg‘or materiallar, texnologiyalar, harbiy va sanoat uskunalarini olishning yangi usullarini topishiga yo‘l qo‘ymaslik tarafdorimiz», — deyiladi hujjatda. Alohida, Rossiyadan olmos eksportini cheklash niyati qayd etilgan.
G7 shuningdek, Rossiya Ukrainani qayta tiklash uchun pul to‘lashi kerakligini va muzlatilgan Rossiya aktivlari urush oxirigacha shunday holatda qolishini ta’kidladi. «Mojaroning har qanday yechimi Rossiya yetkazgan zararni to‘lashini ta’minlashi kerak», — deyiladi hujjatda.
Mavzuga oid
23:24 / 13.11.2024
Rossiya hukumati yaralangan harbiylar uchun to‘lov tizimini o‘zgartirdi
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
19:33 / 13.11.2024
Rossiyada migrant bolalarning rus tilini bilish darajasi tekshirilishi mumkin
17:53 / 13.11.2024