Germaniya

Germaniya nomi dunyo tillariga lotin tilidan tarqalgan. Bu nom miloddan avvalgi III asrda paydo bölgan. Germaniya nomi qadimgi kelt tilidagi «gair» - «qöşni» sözidan kelib çiqqan deb hisoblanadi. Olimlar «Germaniya» sözi lotin tiliga qadimgi gall tilidan ötgan deb hisoblaydi. Ammo german qabilalarining özlari bu nomdan foydalangani haqida heç qanday ma’lumot yöq.

Yozma manbalarda Germanus sözini ilk bor maşhur sarkarda va imperator Yuliy Sezar işlatgan. U Galliya (hozirgi Fransiya va Şveytsariya hududlari) şimoli-şarqidagi qabilalarni şu nom bilan atagan.

Milodiy 98 yilda rimlik tarixçi Tatsit Rim imperiyasi çegaralaridan taşqarida yaşovçi german qabilalari hayoti tasvirlangan maşhur «Germaniya» (lotinçi nomi De Origine et situ Germanorum) asarini yozgan.

Bu nom lotin tilidan keyinçalik Yevropaning köplab tillariga, jumladan, 1520 yilda ingliz tiliga ötgan. XVIII-XIX asrlarda dunyoning katta qismini egallagan inglizlar esa bu nomni öz mustamlakalariga tarqatgan.

Hozirda italyan, alban, rus va ingliz tillarida nemislar yurti «german» sözi asosiga qurilgan nomlar bilan ataladi.

Özbek va boşqa Markaziy Osiyo tillariga «Germaniya» nomi rus tilidan kirib kelgan. Ungaça ölka xalqlari Olmoniya nomidan keng foydalangan.

Allemagne, Olmoniya

Bu nomni Germaniyaning fransuzça nomlanişi desa ham böladi.

III-IX asrlarda germanlarning eng yirik qabila birlaşmasi nomi allemann (nemisça alle-barça, manner-odamlar, ya’ni barça odamlar, barça qabilalar) deb atalgan. Ular Reynning yuqori oqimida yaşagan va köplab german uruğlarini birlaştirgan.

Allemannlar bilan uzoq vaqt davomida savdo-sotiq va madaniy aloqalar olib borgan franklar ularning yurtini Allemagne deb atay boşlagan. Bu nom franklar orqali Pireney yarimoroliga ham kirib borgan. VIII asrda Piriney yarimorolini egallagan arablar mahalliy aholidan aynan şu nomni özlaştirgan va bu nom arablar orqali butun musulmon olamiga, xususan, Markaziy Osiyogaça yetib kelgan.

Şunday qilib, Olmoniya sözi özbek tiliga arab tilidan kirib kelgandi.