O‘zbekiston | 09:30 / 28.02.2023
6924
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

2022 yilda “O‘zbekinvest” kompaniyasi xalqaro sug‘urta bozoridagi ishtirokini 3 barobarga oshirdi

“O‘zbekinvest” kompaniyasi 1994 yilda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini xorijda himoya qilish maqsadida tashkil etilgan, shuning uchun xalqaro faoliyat kompaniya uchun eng muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Foto: O‘zbekinvest

2021 yilning shu davriga nisbatan 2022 yilda kompaniya qayta sug‘urtalash mukofotlarining yalpi yig‘ilishini 18 million dollardan 54 million dollargacha ta’minladi, bu esa biznes hajmlarining 3 barobarga dinamik o‘sishini ta’minladi.

Ushbu ko‘rsatkich respublika sug‘urta kompaniyalari tomonidan olingan qayta sug‘urta mukofotlari umumiy hajmining 50 foizini tashkil etadi. Kompaniya portfelidagi xalqaro sug‘urta ulushi 2017 yildagi 0,5 foizdan 2022 yilda 65 foizgacha oshdi.

2017 yilda kompaniya 1 ta davlat bilan hamkorlik shartnomasini amalga oshirgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib kompaniya hamkorlik geografiyasining faol kengayishi natijasida “O‘zbekinvest” kompaniyasining qayta sug‘urta himoyasi dunyoning 118 ta davlatida qabul qilingan.

Kompaniya Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Shveytsariya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va AQSh kabi mamlakatlardagi global sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash kompaniyalari va brokerlari bilan hamkorlikni mustahkamlab, dunyo bo‘ylab 2500 dan ortiq sug‘urta shartnomalarini qayta sug‘urtalashni ta’minladi.

2022 yil mart oyida eng yirik xalqaro reyting agentligi A.M. Best Company (AQSh) “O‘zbekinvest”ning uzoq muddatli reytingini “bb” darajasida tasdiqladi va prognozni “barqaror” deb qoldirdi. Shunday qilib, “O‘zbekinvest”ning reytingi O‘zbekistondagi barcha moliya institutlari orasida eng yuqori kredit reytingi hisoblanadi.

Shuningdek, Standard & Poor’s va Fitch Ratings bilan bir qatorda "katta uchlik" xalqaro reyting agentliklaridan biri bo‘lgan Moody’s Investors Service Ltd. 2022 yil dekabr oyida kompaniyaning moliyaviy barqarorlik reytingini "barqaror" prognoz bilan "Ba3" darajasida tasdiqladi, bu ham O‘zbekistondagi bank - moliya institutlari orasida eng yuqori reyting hisoblanadi.

Bu yutuqlarning barchasi “O‘zbekinvest” kompaniyasi jahon sug‘urta bozorida, jumladan, Londondagi asosiy sug‘urta bozori hisoblangan Lloyd’sʼda faol va obro‘li ishtirokchi sifatida xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lgani va obro‘sini mustahkamlaganini tasdiqlaydi.

2023 yilda “O‘zbekinvest” kompaniyasi jahon sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash bozorida o‘z mavqeyini yanada mustahkamlash, shuningdek, sug‘urta xizmatlari eksporti hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirishni maqsad qilgan.

Mavzuga oid