Dauletmurat Tajimuratovning advokati Oliy sudga apellyatsiya shikoyatini berdi
U jazoni yengilrog‘iga almashtirish va moddiy zararni to‘lashdan ozod qilishni so‘ragan.

Foto: Oliy sud axborot xizmati
2022 yil iyul oyida Qoraqalpog‘istonda yuz bergan tartibsizliklar bo‘yicha jinoiy ishda sudlangan Dauletmurat Tajimuratovning ukasi va advokati Rinat Tajimuratov Oliy sudga apellyatsiya shikoyatini berdi. Gazeta.uz xabariga ko‘ra, u jazoni yengilrog‘iga almashtirish va moddiy zararni to‘lashdan ozod qilishni so‘ragan.
2023 yil 31 yanvar kuni birinchi instansiya sudi Dauletmurat Tajimuratovni hokimiyatni egallab olish yoki konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darish uchun fitna uyushtirishda, o‘ta yirik miqdorda o‘zlashtirishda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni qonuniylashtirishda, shaxsga nisbatan zo‘ravonlik, talon-toroj qilish, o‘t qo‘yish, zarar yetkazish yoki mulkni yo‘q qilish, hokimiyat vakiliga qurol yoki qurol sifatida qo‘llanadigan boshqa narsalarni qo‘llash yoki ishlatish tahdidi bilan qarshilik ko‘rsatish, shuningdek, ommaviy tartibsizlik va boshqa jinoyatlarda faol ishtirok etishda aybdor deb topib, 16 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.
Rinat Tajimuratov akasining advokati sifatida Oliy sudga birinchi instansiya sudining qarori ustidan shikoyat qilgan. U akasiga qo‘yilgan ko‘plab ayblovlar bo‘yicha jinoyat alomatlari yo‘qligini yoki dastlabki tergovda tasdig‘ini topmaganini ma’lum qilgan.
Shuningdek, Dauletmurat Tajimuratovning oilaviy ahvoli va 3 nafar farzandi borligi, aholiga ko‘rsatgan yordamini (chekka qishloqlarni gazlashtirish, kam ta’minlanganlarga bepul advokatlik xizmatlar ko‘rsatish, bolalar uyiga homiylik qilish, davlat organlariga yordam berish) hisobga olib, 16 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan yengilroq jazo turiga almashtirishni so‘ragan.
Bundan tashqari, advokat mahkumlarga belgilangan 6,55 mlrd so‘m moddiy zararni to‘lashdan ozod qilishni ham so‘ragan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Piskentdagi avtopoligondan sertifikat olishning «navbatsiz» yo‘llari ham bormi?
O‘zbekiston | 16:35
-
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
Jahon | 16:28
-
Netflix Amir Temur haqidagi filmni suratga oldi
Jamiyat | 16:17
-
Rossiya memorandumni imzolash uchun Zelenskiyni chetlatishni talab qilmoqda
Jahon | 15:51
Mavzuga oid

14:07 / 24.01.2024
Bloger Otabek Sattoriy 2024 yil bahorida ozodlikka chiqishi aytilmoqda

12:51 / 11.01.2024
Ombudsman Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashdi

17:22 / 05.06.2023
Nukus voqealarida ayblangan 8 nafar sudlanuvchi ozod etildi

23:52 / 01.03.2023