“OAV erkinligi boşqa konstitutsiyaviy huquqlar röyobga çiqişi uçun ham zarur” - ekspertlar Konstitutsiyaga kiritilayotgan özgartirişlar xususida
|20:03 / 28.02.202310 39610 min
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Oçiqlik va oşkoralik Şavkat Mirziyoyev davrida amalga oşirilgan eng katta özgarişlardan biridir. Prezident qançalik oğir bölmasin, uşbu yöldan qaytilmasligini şu paytgaça köp marta ta’kidlagan. Davlat uşbu maqsadda sobit ekanini konstitutsiyaga kiritilayotgan özgartirişda, ya’ni oçiqlik siyosatidan heç qaçon ortga qaytilmasligi mamlakat boş qonuni darajasida mustahkamlab qöyilayotganida ham köriş mumkin.
“Haligaça jurnalistlar faoliyatiga tösqinlik qiliş holatlari uçramoqda”
Anvar Eminov, siyosiy tahlilçi:
– Bugungi kunda mamlakatimizda xalq bilan muloqotni kuçaytiriş, davlat organlari oçiqligini ta’minlaş, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda aholining faol iştirokini ta’minlaşga qaratilgan keng kölamli islohotlarning samarali bölişida ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning faoliyati muhim örin tutadi.
Şu sababli ham keyingi yillarda mazkur sohadagi munosabatlarni tartibga soluvçi qonunçilikni takomillaştiriş, ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning samarali faoliyat yuritişi uçun yetarli şaroitlar yaratişga alohida e’tibor berilmoqda. Bosma va internet naşrlari, tele va radiokanallar soni oşib bormoqda.
Turli şakl va körinişdagi ommaviy axborot vositalari fikrlar xilma-xilligini ta’minlaş, joylarda yöl qöyilayotgan kamçilik va muammolarni dadil kötarib çiqişda muhim omilga aylanib bormoqda. Aholi bilan töğridan töğri muloqot qiliş, odamlarni öylantirayotgan muammolarga tezkor munosabat bildiriş, turli mavzular böyiça oçiq, xolis va tanqidiy fikr bilan çiqişda katta imkoniyatlar paydo bölmoqda
Sohada keçayotgan ijobiy özgarişlar xalqaro maydonda söz erkinligi holatini örganişga ixtisoslaşgan xalqaro taşkilotlar tomonidan ham e’tirof etilmoqda. Özbekiston 2022 yil matbuot erkinligi reytingida 24 poğonaga kötarilib, 133-örinni egallagani ham şunga bir misol.
Anvar Eminov Foto: Şaxsiy arxivdan
Davlatimiz rahbari söz erkinligi, davlat organlarining oçiqligi va şaffofligi davlat siyosatining ustuvor yönalişlari ekanligini ta’kidlab kelmoqda. Çindan ham, jurnalistlarning qonuniy faoliyatiga tösqinlik qiliş demokratik islohotlarimizga qarşi harakat, mamlakatimizning obrösiga putur yetkaziş sifatida baholanişi kerak.
Mavzuga oid
Afsuski, hozirgaça yurtimizda olib borilayotgan oçiqlik siyosati va bugungi kun talablarini tuşunişni hohlamagan ayrim davlat xizmatçilari tomonidan jurnalistlar faoliyatiga tösqinlik qiliş holatlari uçramoqda.
Amaldagi konstitutsiyamizda ommaviy axborot vositalari erkinligi, senzuraga yöl qöyilmasligi e’tirof etilgan. Ayni paytda uşbu normalar ijrosi kim tomonidan va qanday ta’minlanişi masalasi oçiq qolgan.
Amaldagi Ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi kodeks yoki Jinoyat kodeksida ham söz erkinligini buzganlik, senzuraga yöl qöyilganlik, jurnalist faoliyatiga noqonuniy aralaşganlik uçun töğridan töğri javobgarliklar kiritilmay qolgan. Ommaviy axborot vositalari faoliyatiga tösqinlik, jurnalistga bosim, tahdid va ta’qib qiliş holatlariga yöl qöygan şaxslarga nisbatan faqat umumiy tartibdagi javobgarlik nazarda tutilgan. Albatta, bu moddalardagi ta’sir çoralari bevosita jurnalist faoliyatiga tegişli emasligi ham bu sohadagi ayrim salbiy holatlarga sabab bölib qolmoqda.
Şu sababli ham Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida, xususan umumxalq muhokamasida keng jamoatçilik tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida ommaviy axborot vositalari faoliyati bilan boğliq moddaga tegişli qöşimçalar va aniqliklar kiritilmoqda.
Taklif etilayotgan qoidaga köra, ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat yuritişi, ularning axborotni izlaş, oliş, axborotdan foydalaniş va uni tarqatişga bölgan huquqlari davlat tomonidan kafolatlanişi Asosiy qonun darajasida belgilanişi kutilmoqda.
Albatta öz örnida, Ommaviy axborot vositalari ham özlari taqdim etgan axborotning töğriligi uçun javobgardir.
Çunki bu sohada ham ayrim muammoli masalalar körinib qolayotgani heç kimga sir emas. Söz erkinligini ta’minlaş jarayonida boşqa fuqarolarning qonuniy huquq va erkinliklarini ta’minlaş, insonlarning şaxsiy hayoti va qonun tomonidan qöriqlanadigan ma’lumotlari muhofazasini kuçaytiriş, birovni asossiz obrösizlantiriş, qadr-qimmatini yerga uriş holatlariga yöl qöymaslik ham dolzarb bölib qolmoqda.
Mazkur qoidalarning konstitutsiyada belgilanişi ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar faoliyati bilan boğliq munosabatlarni tartibga soluvçi qonun hujjatlarini takomillaştirişga, söz erkinligi va jurnalist faoliyati himoyasini kuçaytirişga xizmat qiladi.
Ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning faoliyatiga tösqinlik qiliş yoki aralaşiş qonunga muvofiq javobgarlikka sabab böladi.
Bir haqiqatni unutmasligimiz kerak, ommaviy axborot vositalari erkinligi fuqarolarning boşqa barça konstitutsiyaviy huquqlarini röyobga çiqariş uçun ham zarurdir.
“OAV faoliyatiga tösqinlik qiliş mamlakat obrösiga putur yetkaziş sifatida baholanişi kerak”
Bobur Alixonov, jurnalist:
Prezident Şavkat Mirziyoyev 2022 yil Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga yöllagan bayram tabrigida ba’zi joylarda ommaviy axborot vositasi xodimlariga mensimay qaraş, ularning öz vakolati doirasida erkin faoliyat yuritişiga tösqinlik qiliş holatlari uçrayotgani haqidagi xabarlarga töxtalib, OAV xodimlarining öz faoliyatini qonun doirasida erkin amalga oşirişiga tösqinlik qiliş bu – demokratik islohotlarimizga qarşi harakat, mamlakatimizning obrösiga putur yetkaziş sifatida baholanişi kerakligini ta’kidlagandi.
Tabrikda Özbekistonda söz va matbuot erkinligi doimo boş qonunimiz va qonunlarimiz hamda prezident himoyasida bölişi, sud va prokuratura organlari bizga mutlaqo yaraşmaydigan bunday salbiy holatlar böyiça qat’iy çoralar körişi lozimligi alohida qayd etilgan.
Bobur Alixonov Foto: Kommersant.uz
Davlatimiz rahbarining oçiqlik, adolat va oşkoralikka yöğrilgan siyosatini amalga oşirişga kamarbasta bölgan OAV va jurnalistlar afsuski, ba’zida öz işida tösiqlarga, turfa xil bosimlarga, noqonuniy aralaşuvlarga duç kelmoqda. Bu esa köplab davlat organlari va mansabdorlar hanuzgaça oçiqlik siyosatiga könika olişmayotgani bilan boğliq.
Bir zamonlar “senzura” degan baloyi ofatdan aziyat çekkan hamkasblarimiz endilikda, söz va matbuot erkinligini böğişga urinayotgan ayrim korçalonlarning tazyiqi-yu ta’qibidan bezillab, qöli işga bormay qolmoqda.
Ammo endi ortga yöl yöq, manzilimiz aniq. Oçiqlik va oşkoralik mazasini totgan jurnalistlar va ommaviy axborot vositalarini avvalgidey qolipga soliş, tizginda uşlab turiş bugun imkonsiz. Qolaversa, prezidentning özi jurnalistlarning ortida men turibman deb turgan bir paytda OAV va soha xodimlarining faoliyatiga tösqinlik qilişga heç kimning haqqi yöq!
Ayni vaqtda sohaning huquqiy asoslarini takomillaştiriş va jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya qiliş, davlat va jamiyat örtasidagi muloqotni mustahkamlaş, kuçli jamoatçilik nazoratini yölga qöyiş ham oldimizda turgan muhim vazifa hisoblanadi. Konstitutsiyaning 67-moddasiga kiritilayotgan özgartiriş zamirida ana şu maqsad mujassam deb bilaman.
– Sönggi yillarda köp davlatlarda kuzatilayotgan ijobiy özgarişlar röy berayotgan sohalardan biri axborot sohasidir. Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, blogerlik, kolumnistika rivojlanmoqda. Söz erkinligini ta’minlaş davlat siyosati darajasiga kötarilgan. Bularning barçasi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar konstitutsiyalari bilan kafolatlangan ommaviy axborot vositalari erkinligi tufaylidir, albatta.
Xususan, mamlakatimiz amaldagi konstitutsiyasida aks etgan normaga köra:
“Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq işlaydi. Ular axborotning töğriligi uçun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yöl qöyilmaydi”.
Yangi tahririga quyidagiça qöşimça qöşiş taklif etilmoqda:
“Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlaş, oliş, axborotdan foydalaniş va uni tarqatişga bölgan huquqlari amalga oşirilişini kafolatlaydi.
Ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning faoliyatiga tösqinlik qiliş yoki aralaşiş qonunga muvofiq javobgarlikka sabab böladi.
Ommaviy axborot vositalari özlari taqdim etadigan axborotning töğriligi uçun javobgardir”.
Muzaffar Jalolov Foto: Kun.uz
Uşbu özgartiriş va qöşimçalar ommaviy axborot vositalari faoliyatini amalga oşiriş uçun eng qulay şart-şaroitlarni yaratiş, davlat va jamiyat örtasida konstruktiv muloqotni yölga qöyişga qaratilgan tegişli konstitutsiyaviy asoslarni şakllantiriş maqsadida joriy etilmoqda.
Moddaning bunday tarkibiy tuzilişi uni ommaviy axborot vositalarining erkinligi va mustaqilligini ta’minlaş bilan boğliq vazifa va muammolarni qulay tarzda va samarali hal etiş, aniqroği, uşbu vazifalarni muayyan guruhlarga taqsimlaş va ular örtasida mantiqiy boğliqlikni örnatişga qaratilgan.
Kezi kelganda OAV millionlab odamlarning hayotiga katta ta’sir körsatadi, çunki u eng nufuzli ijtimoiy institutlardan biri ekanini ta’kidlaş joiz. Şu nuqtai nazardan qaraganda, erkin matbuot, eng avvalo, jamiyat oldidagi majburiyatlarini çuqur onglaydigan, axboroti doimo haqiqat va voqelikka mos kelişi kerak bölgan tuzilmadir.
Masalaning şu jihatini teran anglagan davlat rahbari OAV va jurnalistlarning mamlakat rivojidagi örni va ahamiyatini ta’kidlab keladi. Jumladan, prezident Şavkat Mirziyoyev 24 fevral kuni Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi çoğida unga OAV faoliyatini jilovlaş, çeklaş haqida köp takliflar bölgani, lekin bunday qilmasligini işonç bilan ta’kidladi.
Konstitutsiyaga jurnalistik faoliyatga tösqinlik uçun javobgarlik belgilaş, ommaviy axborot vositalari xodimlarini qöllab-quvvatlaşgi közda tutadigan qöşimçalar kiritilayotgani zamirida ham Özbekiston oçiqlik masalasida tanlagan yölidan çekinmasligi yotibdi.