Jurnalistik faoliyatga tösqinlik uçun jazo belgilaşga, ommaviy axborot vositalari xodimlarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan qonun qabul qilinişi haqidagi takliflar sönggi yillarda bir neça bor tilga olib ötildi.

2019 yildayoq jurnalistik faoliyatga tösqinlik qilganlik uçun javobgarlik kiritiş böyiça qonun loyihasi muhokamaga qöyilgan edi. 2020 yilda javobgarlikni joriy etişni nazarda tutuvçi yana bir qonun loyihasi e'lon qilindi.

2021 yil boşida yana bir loyiha – yangi tahrirdagi Jinoyat kodeksi loyihasi e'lon qilindi. Unda ham jurnalist faoliyatiga tösqinlik qilganlik uçun javobgarlik joriy etiş közda tutilgan. Biroq hozirga qadar yuqoridagi loyihalarning heç biri qabul qilinmadi.

Jurnalistlarning davlat va xöjalik boşqaruvi organlari ustidan parlamentga murojaat etiş huquqini qonuniylaştiriş masalasi ham qanday oçilgan bölsa, şunday oçiqligiça qoldi.

Ötgan yili parlamentda körilgan masala – OAVga ma'lumot bermaslik yoki notöğri ma'lumot berganlik uçun javobgarlik belgilaş ham qoğozda qolib ketgan edi.

Biroq, unçalik kuçli zarurat bölmasa-da, sönggi vaqtlarda ayrim qonunlar qabul qilinayotganiga guvoh bölmoqdamiz. Masalan, kuni keça hokimiyat vakiliga qarşilik uçun javobgarlik kuçaytirilganini yodga olişimiz mumkin.