11 iyun kuni Toşkentdagi «Paxtakor» stadionida U-23 Osiyo kubogining çorak finali doirasida Özbekiston va Iroq jamoalari örtasidagi öyinni yoritişga borgan «Sevimli» telekanali xodimlari muammoga duç kelişgan.

Mazkur telekanalning «Zamon» yangiliklar dasturi veb-saytida telekanal xodimlari stadionga kirişda içki işlar organlari xodimlari tomonidan kaltaklangani haqida xabar qildi. Keyinroq bu yangilik öçirib taşlandi, ammo Facebook’da uning nusxasi saqlanib qolgan.

Jabrlanuvçilar nima deydi?

Xabarda aytilişiça, telekanal xodimlari turnirning barça öyinlarini yoritiş uçun akkreditatsiyaga ega bölgan va öz vazifasini bajargan. Bunga qadar bölgan öyinlar ham sport muxbiri va uning tasvirçisi tomonidan yoritib kelingan. «Biroq, keçagi öyin hamkasblarimiz uçun qimmatga tuşdi», — deyiladi xabar matnida.

Soat 21:00 lar atrofida (intervyu oliş maqsadida) ikki xodim «Paxtakor» stadioniga borganida, organ xodimlarining qarşiligiga uçragan. Futbolni yoritiş uçun berilgan maxsus ruxsatnomani körsatişlariga qaramay, ular haqoratlangan: «Pressa bölsang, bizga po***. Biz topşiriqni bajaramiz».

Şundan söng ijodiy guruh özining e’tirozlarini bildirgan va stadion oldidagi holatni tasvirga olişni boşlagan. Organ xodimlari esa tasvirçining ruxsatnomasiga çang solgan. Kamerasini tortib olgan. Tasvirçining qölini orqaga qayirib, jurnalistdan uzoqlaştirgan.

«Faoliyatim davomida birinçi marta şunday holatga duç keldim. Çunki konfliktga boradigan odam emasman. Buni meni yaqindan taniganlar yaxşi bilişadi. Oçiği, öşa mahalda özimni jinoyatçidek his qildim. Organ xodimlaridan biri dabdurustdan mikrofonimga taşlandi va uni kimgadir uloqtirdi, qölimni orqaga qayirdi. Ikkinçisi esa kamarimdan mahkam uşlab oldi.

Bir mikrofonimga qarayman, bir tasvirçimga. Şu payt tasvirçim yerda yotgan holatda zarbdan baqirayotganiga közim tuşdi. 6-7 nafar içki işlar xodimlari va bir nafar milliy gvardiya xodimi tepkilayotgandi. Xodimlarning biri oyoğiga dubinka bilan urdi. Qolgani qorin va boş qismiga tepdi. Qöllarim uşlangan, imkonsiz qoldim, faqat urmanglar deb baqira oldim, xolos. 

Bu jarayon soniyalar içida sodir böldi-ki, nima bölayotganini anglab-anglamasdim. Odamlar OAV xodimlari tepkilanayotganini tasvirga olayotgandi. Köpçilik oldida izza bölganimiz qoldi. Qöllarimizni qayirib, Şayxontohur tuman IIB binosiga olib borib, navbatçilik qismiga topşirişdi.