Özbekiston Konstitutsiyaviy komissiyasi asosiy qonunning 67-moddasini ham özgartirişni taklif etmoqda.
Bu moddaning amaldagi tahririda şunday yozilgan:
“Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq işlaydi. Ular axborotning töğriligi uçun belgilangan tartibda javobgardirlar.
Senzuraga yöl qöyilmaydi”.
Ma’lum qilinişiça, bu moddaga quyidagiça qöşimça qöşiş taklif etilmoqda:
“Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlaş, oliş, axborotdan foydalaniş va uni tarqatişga bölgan huquqlari amalga oşirilişini kafolatlaydi.
Ommaviy axborot vositalarining va jurnalistlarning faoliyatiga tösqinlik qiliş yoki aralaşiş qonunga muvofiq javobgarlikka sabab böladi.
Ommaviy axborot vositalari özlari taqdim etadigan axborotning töğriligi uçun javobgardir”.
Ma’lumot uçun, Özbekistonda qator qonunlarda jurnalistlarning bosimlar va tahdidlardan himoyalanişi qayd etilgan bölsa-da, kodekslarda bunga nisbatan javobgarlik kiritilmagan.
Kun.uz avvalroq yozganidek, OAV xodimlari faoliyatiga qarşilik uçun jazo belgilaş masalasi qator voqealar fonida bot-bot kötariladi, lekin ijobiy hal bölmayapti. Natijada ularga tösqinlik qiliş holatlari davom etmoqda.
2019 yildayoq jurnalistik faoliyatga tösqinlik qilganlik uçun javobgarlik kiritiş böyiça qonun loyihasi muhokamaga qöyilgan edi. 2020 yilda javobgarlikni joriy etişni nazarda tutuvçi yana bir qonun loyihasi

















