Termizda Afg‘onistonga xalqaro yordam berish uchun oziq-ovqat ombori ochildi
Bu ochlikdan aziyat chekayotgan 20 million kishining oziq-ovqat ta’minotini yaxshilashga yordam beradi.
BMT Jahon oziq-ovqat dasturi (JOD) Afg‘onistonga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazishni osonlashtirish uchun Termiz shahrida yangi omborini ochdi. Bu haqda TOLOnews xabar berdi.
JOD Afg‘oniston bo‘yicha vakili Vohidulloh Omoniy so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondan Afg‘onistonga kuniga kamida 1000 tonna oziq-ovqat o‘tmoqda.
«O‘zbekistonning Termiz shahridagi yangi omborxona ochilishi bizga hozirda ochlikdan aziyat chekayotgan va oziq-ovqat yordamiga muhtoj bo‘lgan 20 million kishini ta’minlashga yordam beradi», dedi u.
TOLOnews qayd qilishicha, yangi omborning ochilishi Afg‘oniston aholisi oziq-ovqat yordamini yetkazib berishda shaffoflik yo‘qligi, shuningdek, materiallar sifati pastligidan shikoyat qilgan paytga to‘g‘ri kelyapti.
«Insonparvarlik yordami sifati past. 50 kg un sifatida belgilangan qopdan 40 kg chiqmoqda. Benzin sifati ham past», deydi Kobullik Fayz Muhammadiy.
«Yordam muhtoj odamlarga yetib bormayapti. Men ko‘p oilalarni bilaman, ular bu yordamga loyiq, lekin uni olmagan», deydi Rashod ismli kobullik yigit.
Avvalroq, JOD rahbariyati Afg‘onistonda 2022 yilda 23 million kishiga oziq-ovqat yordami ko‘rsatganini va yangi rejalarini amalga oshirish uchun 1,5 milliard dollar kerakligini aytgan edi.
Mavzuga oid
17:43 / 03.12.2024
Afg‘onistonda TAPI gaz quvuri qurilishi boshlandi
16:33 / 25.11.2024
O‘zbek ayollarini haqoratlagan turkiyalik stendapchi: unga qarshi Istanbul prokuraturasiga ariza topshirilgan
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
21:44 / 09.11.2024