Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2022 yilda manzil-koloniyada jazo muddatini o‘tagan 77 nafar mahkum og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etgan
Senat yalpi majlisida senatorlar tomonidan «O‘zbekiston Jinoyat hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun qizg‘in muhokama qilindi.

Muhokamalar jarayonida bugungi kunda manzil-koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning jazoni o‘tash joylarini o‘zboshimchalik bilan tark etish holatlari sodir etilayotganligi, biroq bunday mahkumlarga nisbatan qat’iy jazo choralari belgilanmaganligi, manzil-koloniyasiga o‘tkazilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan mahkumlar tomonidan jazoni o‘tash davrida bir qator og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni qayta sodir etish holatlari kuzatilayotganligi ta’kidlab o‘tildi. Birgina 2021 yilda manzil-koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan 15 nafar mahkum tomonidan og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar sodir etilgan bo‘lsa, 2022 yilda 77 nafar mahkum tomonidan shunday turdagi jinoyatlar sodir etilgan.
Qonunchilikda saqlash rejimini ashaddiy buzishning oqibatlari hamda mehnatdan bo‘yin tovlagan deb topishning aniq mezonlari belgilanmaganligi mahkumlar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar samaradorligiga ta’sir qilayotganligi aytib o‘tildi.
Qonun bilan kiritilayotgan o‘zgartirishlarga asosan jazoni ijro etish muassasasi hududini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketgan mahkumlarni saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topish uchun asos bo‘ladigan 24 soatlik muddat 12 soatgacha qisqartirilib, jazoni o‘tash tartibini buzganlik uchun navbatdagi uchrashuvdan mahrum etish tarzidagi jazo chorasi belgilanmoqda.

Jinoyat-ijroiya kodeksi yangi 112-1-modda bilan to‘ldirilib, unga ko‘ra saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi mahkumlarga nisbatan manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga, umumiy, qattiq yoki maxsus tartibli koloniyalardan turmaga o‘tkazish to‘g‘risida, manzil-koloniyadan umumiy yoki qattiq tartibli koloniyaga, qattiq tartibli koloniyadan maxsus tartibli koloniyaga, koloniyalardan turmaga qaytarish to‘g‘risida sudga taqdimnoma kiritilishi belgilanmoqda.
Manzil-koloniyada jazoni o‘tash davrida saqlash rejimini ashaddiy buzganlik uchun umumiy tartibli koloniyaga o‘tkazilgan hamda umumiy yoki qattiq tartibli koloniyaga qaytarilgan mahkumlar, bu haqda sud ajrimi chiqqan kundan boshlab kamida ikki yil mobaynida, manzil-koloniyada jazoni o‘tash davrida jinoyat sodir etib, sud tomonidan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga hukm qilingan mahkumlar manzil-koloniyaga o‘tkazilmasligi belgilanmoqda.

Mahkumlarni manzil-koloniyaga o‘tkazish muddatlari uzaytiriladi, og‘ir jinoyatlar uchun – jazoning kamida uchdan bir qismini, o‘ta og‘ir jinoyat uchun kamida yarmini o‘taganidan so‘ng mahkumlar manzil-koloniyaga o‘tkazilishi mumkinligi hamda shu munosabat bilan mahkumlarni jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish – og‘ir jinoyatlar uchun jazoning kamida uchdan ikki qismini o‘taganidan so‘ng, o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun esa kamida to‘rtdan uch qismini o‘taganidan so‘ng qo‘llanishi belgilanmoqda.
Muhokamalar so‘ng Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Mavzuga oid
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
08:53 / 22.04.2026