Bloomberg naşri ma’lumotlariga köra, sönggi 3 yilda bir qança mamlakatlarda mahalliy köçalar va avtoturargohlarni avtomobillardan «tortib olib», uning örniga ovqatlaniş yoki dam oliş maskanlari quriş, velosiped yölaklariga aylantiriş holatlari köpaygan.

Quyida şahar köçalarini insonlar uçun jamoat joylariga aylantirgan muvaffaqiyatli loyihalar bilan tanişiş mumkin. Ularning ba’zilari pandemiya vaqtida, ba’zilari esa umuman undan ham oldin yölga qöyilgan.

«Jon F. Kennedy Drive» — San-Fransisko, Kaliforniya

2020 yilda Amerika rasmiylari San-Fransiskodagi «Golden Gate» boğiga olib boruvçi asosiy köça bölgan «Jon F. Kennedy Drive»ga avtomobillarning kirişini taqiqlab qöygan. Öşandan beri bu köça töliq piyodalar sayrgohiga aylangan, unda turli «street art»larni, san’at inşootlarini, xususan, şahardan yöq bölib ketgan afsonaviy «Doggie Diner»ni eslatuvçi yetti futlik 3 ta haykalni ham uçratiş mumkin.

2016 yilda «Jon F. Kennedi Drive» köçasiga tuşirişdan oldin suratga olingan «Doggie Diner» haykallari / Foto: Karlos Avila Gonsalez / The San Fransisco Chronicle via Getty Images

Şuningdek, u yerda öyin maydonçalari, oilalar uçun möljallangan turli dasturlar ham bor. Fuqarolar kelib, bemalol ularda iştirok etişi, hordiq olişi mumkin.

Öşa vaqtda rasmiylardan biri San-Fransisko gazetasiga aholini qöllab-quvvatlab, bu köça doimiy ravişda avtomobillardan xoli bölişi uçun ovoz bergan. Pandemiyada jamoat maydonlarini avtomobilsizlaştiriş böyiça boşlangan mazkur vaqtinçalik loyiha qançalik manfaatli ekani namoyon bölgan. Zaruratga aylanib qolgan bu kabi loyihalarni amalga oşiriş odamlar orasida «madaniy uruş»ni ham keltirib çiqarmoqda desak ham böladi.

Çunki jarayonda yuzlab qöllab-quvvatlovçilar bölgani kabi, unga qarşi çiqqanlari ham böladi. «Jon F. Kennedy Drive» köçasi misolida aytadigan bölsak, oxir-oqibat 10 mingdan ortiq yaşovçilar şahar meriga köçani avtomobillar uçun doimiy ravişda yopib qöyişni talab qilib çiqişgan. Bunga erişilgan ham.

34-avenyu Jyekson Heyts — Nyu-York şahri, Nyu-York

2020 yildan beri Nyu-Yorkning gavjum köçalaridan biri – Jyekson Heyts avenyusidan piyodalar yölagi hamda jamoat markazi sifatida foydalanib kelinadi. Masalan, avenyuda joylaşgan 2 km (1,3 milya) uzunlikdagi Kvins köçasi har kuni ertalab soat 7:00 dan keçki 20:00 ga qadar transport harakati uçun yopib qöyiladi.