Rossiya kelajagiga otilgan öq. Nemsov öldirilganiga 8 yil böldi
|16:26 / 02.03.202338 28718 min
Bundan 8 yil muqaddam Moskvada dahşatli qotillik sodir bölgan, Kreml devorlaridan 300 metr masofadan ötuvçi köprikda rossiyalik muxolifatçi siyosatçi Boris Nemsov otib ketilgandi. Bu zamonaviy Rossiya tarixidagi eng şov-şuvli qotillik deyiş mumkin, çunki Boris Nemsov öz vaqtida mamlakatning keyingi prezidenti sifatida qaralardi.
Foto: Mixail Djaparidze / TASS / ScanpixFoto: Mixail Djaparidze / TASS / Scanpix
Voqea qanday sodir bölgandi?
27 fevral kuni Nemsov ukrainalik fotomodel va keyinçalik «Ukraina gözali» tanlovi ğolibi bölgan Anna Duritskayani Şeremetevo aeroportida kutib oladi. Keyinçalik birgalikda Moskvadagi maşhur GUM (davlat universal dökoni)ga borişadi. Tungi soat 23:31 da Nemsov va Duritskaya Kreml oldidagi köprik böylab ketayotganda qotil Nemsovga qarata oltita öq uzadi. Siyosatçi voqea joyida vafot etadi. Qotil maşinadan tuşib Nemsovni otgaç, voqea joyidan qoçib ketadi.
Voqea Moskvaning eng markaziy hududida, Rossiya prezidenti qarorgohi bölmiş Kreml saroyi devoridan 300 metr masofada, juda köp yaxşi qöriqlanadigan obektlar mavjud bölgan hududda sodir bölganiga qaramay, atrofdagi birorta kamera qotillikni qayd etmagani aytiladi. Faqat GUMning juda balandda turgan kamerasi holatni ğira-şira yozib qoladi va bu holat hamon yagona videofakt sifatida qaraladi.
Eng qiziği, Rossiyadagi eng qattiq köriqlanadigan bino bölmiş Kreml devoridagi kamera 300 metr naridagi holatni yozmaganini aytişadi. Avvaliga Moskva merligi bu kamera nazorati Federal qöriqlaş xizmatiga tegişli ekanini ma’lum qiladi. FQX esa bu kamera faqat Kremlning içida sodir bölayotgan voqealarni yozib qolişini bildiradi. Vaholanki, blogerlar keyinçalik Kreml devorlarini suratga olib e’lon qilişadi va öşa kadrlarda devordagi kamera qotillik sodir bölgan joyga qaratilgani aks etgandi.
Ya’ni Rossiyadagi birinçi davlat organining bayonotini ikkinçi davlat organi rad etadi. Mana şu yerda qotillik bilan boğliq ğalati holatlar boşlanib ketadi.
Qotillik sodir bölganidan keyin mustaqil naşrlar bilan gaplaşgan FXXning iste’fodagi polkovnigi Vladimir Lutsenko bu hududda yaşirin iş qilib bölmasligiga işora qilib, şunday deydi: «Moskvaning bu yerida qotillik qiliş uçun yoki ahmoq böliş yoki şaharni umuman bilmaslik kerak».
Moskva kriminal militsiyasi sobiq rahbari Yevgeniy Xarlamovning aytişiça, bunday holatda voqeani aniqlaştiriş uçun kosmik harbiy kuçlarni jalb qiliş ham muammo emas. «Nemsovning öldirganlar tez orada topib körsatilişiga işonçim komil. Ammo bu haqiqiy qotillikni sodir qilganlar böladimi yöqmi – mana şundan xavotirdaman», degandi keyinçalik advokatlik bilan şuğullangan Xarlamov.
Qotil kim edi?
Rossiya tergov qömitasiga köra voqea birorta kamerada yozib qolinmagan bölişiga qaramay, Nemsovning qotili kutilganidan ança tez topiladi. 5 mart kuni, qotillikdan 5 kun ötib Zaud Dadayev, Anzor va Şadid Gubaşev, Tamerlan Eskerxanov, Hamzat Baxayev kabi çeçen millatiga mansub rossiyaliklar qotillikda gumonlanib qölga olinadi. Yana bir gumonlanuvçi Beslan Şavanov qölga oliş vaqtida öldirilgan.
Mavzuga oid
Boris Nemsovning qotilligida ayblanib hukm qilingan Hamzat Baxayev, Temirlan Eskerxanov va Şadid Gubaşev
Foto: Yuriy Koçetkov / EPA / Scanpix / LETA
Ulardan uç nafari Çeçeniston huquqni muhofaza qiliş organi xodimlari edi. Xususan, Dadayev va Şavanov «Şimol» batalonidan, Eskerxanov esa Çeçenistondagi Şelkovskaya rayonida içki işlar boşqarmasi sobiq xodimi edi. Ma’lumot uçun, bu rayonni Ramzan Qodirovning eng yaqin odami hisoblangan deputat Adam Delimxanovning jiyani boşqaradi. Öz navbatida, bu hudud rahbari senator Sulaymon Geremeyevga ham qarindoş bölgan.
Dalillar yaşirilmaydi
Huquq faollari Kreml oldida amalga oşirilgan qotillikdagi bir holatga e’tibor qaratişadi: qotillar voqea joyida heç qanday izni yöqotiş haqida öylamaydi. Otilgan olti öqning isboti sifatida voqea joyida xuddi şunça gilza topiladi. Qotillikdan oldingi jamoat joylarida qotillar kameradan qoçişga harakat ham qilmaydi. Hatto qotillik joyiga borişdan avval maşinani yuvdirişadi ham. Odatda qandaydir izlarni yöqotiş uçun maşina qotilliklardan keyin yuviladi.
Maşinada genetik va porox gazi izlari topiladi. Hatto maşinadagi videoregistrator qaydlari öçirilmaydi, qotillar kvartiradagi sim-kartalarni ham taşlab yuborişmaydi. Ya’ni göyoki qotillikni ular qilganini bilişlarini istaydi. Ammo şunça işni qilgan qat’iyatli qotillarga politsiya uçastkasiga borib Nemsovni öldirganini tan olişga qat’iyat yetmaydi.
Asosiy gumondor nima degandi?
Zaur Dadayev. Foto: Pavel Golovkin / AR / Scanpix / LETA
Nemsovning qotili sifatida gumonlanib qölga olingan Zaur Dadayev ilk körsatmasidayoq Boris Nemsovni öldirganini aytib, aybiga iqror böladi. Nemsov öldirilişidan oldinroq Fransiyadagi «Şarli Ebdo» jurnalida musulmonlarni tahqirlovçi karikatura çiqadi. Keyin jurnal tahririyatiga hujum qilinib, 12 nafar jurnalist öldiriladi. Nemsov bu qotillikni vahşiylik deb atab post qoldiradi. Zaur Dudayevning aytişiça, u Nemsovni mana şu posti uçun öldirgan. Qotil bu işni pul uçun emas, musulmon bölgani uçun qilganini aytadi.
Dadayev sözidan qaytadi
Tergovda Nemsovni musulmon bölgani uçun öldirganini aytgan Zaur Dadayev sud majlisida bu gapidan tonadi. Uning sözlariga köra, qölga olingan vaqtida Nemsovni öldirgani haqida bosim ostida gapirgan. «Menga va döstimga tahdid qilişgani uçun ular bilan hamkorlik qilişga majbur böldim. Men heç qaçon bu köprikda bölmaganman, Nemsovni kuzatmaganman va bu jinoyatda iştirok etmaganman», degandi Dadayev.
Keyinroq asosiy gumondor Dadayevning advokati mijozi Nemsov haqida faqat umumiy ma’lumotga ega bölgani, uni kuzatmaganini aytadi. Advokat Nemsovni aynan Dadayev öldirganiga heç qanday isbot yöqligini aytadi. Asosiy gumondor Dadayev qölga olingan vaqtida «sayragaç» göyoki bu iş oson yopiladi deb öylaşgandi. Ammo u sözidan qaytgaç, hammasi çalkaşib ketdi va işda juda köp noaniqliklar paydo böla boşladi.
Qodirovga borib taqaladigan taxminlar
Tergov Nemsovning qotili Dadayev ekanini körsatar ekan, mustaqil jurnalistlar Rossiyadagi eng maşhur siyosatçining ölimini oçiq manbalar orqali juda çuqur suriştirişdi. Va bu suriştiruvlar davomida bir nomga tez-tez duç keliş mumkin edi: Ramzan Qodirov.
«Novaya gazeta» manbalariga köra, qotil ekani aytiladigan Zaur Dadayev deputat Adam Delimxanovning şaxsiy tansoqçilari rahbari bölgan. Delimxanov esa Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirovning eng yaqin odamlaridan biri hisoblanadi. Qodirovning özi Nemsovning ölimini çeçen deputat va senatorga olib borib taqaş safsata ekanini aytadi. Uning fikriça, Nemsov Ğarbdagilarga xizmat qilgan, uning ölimini çeçenlar bilan boğlaganlar ham «Ğarb xizmatkorlaridir». Qodirov bu iş orqali Çeçenistonga qarşi axborot uruşi olib borilayotganini iddao qilgandi.
Qodirov bu gaplarini katta ehtimol bilan «Mediazona» naşrining suriştiruviga nisbatan aytgan. Unda Nemsov oilasining advokatlari qotillik taşkilotçisi deb ataydigan Ruslan Geremeyev voqea sodir bölişidan bir kun avval qotil ekani aytiladigan Zaur Dadayevga telefon qilgani, qotillik sodir etilgan kunda esa amakisi senator Sulaymon Geremeyev hamda deputat Adam Delimxanov unga qönğiroq qilgani yozilgan.
Çap qölda otilgan öq
Nemsov öldirilganidan keyin «Rosbalt» naşrining huquqni muhofaza qiluvçi organlardagi manbasi qotil çap qölda öq uzgani haqida yozgandi. Bu xabarga ekspertiza xulosalari ham ilova qilingan. Jurnalistlar esa Dadayev barça mavjud suratlarida qurolni öng qöl bilan uşlaganiga e’tibor qaratgan. Şuningdek, Dadayevning advokati ham mijozi qurolni öng qölda işlatişini ma’lum qilgan. U aynan mana şu faktni ham mijozini oqlaş uçun işlatmoqçi bölgandi. Asosiy gumonlanuvçining yaqinlari sudda u öng qölli ekani haqida guvohlik berişga ham tayyor bölgan.
Izsiz yöqolgan taşkilotçilar
Tergov xulosasiga köra Boris Nemsovga qarşi qotillikni «Şimol» bataloni qömondoni örinbosari Ruslan Geremeyevning haydovçisi Ruslan Muxudinov taşkil qilgan. Ammo qotillikdan 8 yil ötganiga qaramay, u topilmagan, mustaqil jurnalistlarning suriştiruviga köra hozirda qidirilmayapti ham.
Nemsov oilasi işda aloqador deb biladigan Rustam Geremeyev esa bedarak yöqolgan deb hisoblangan. Uni qarindoşi Artur Geremeyev bilan birga tergov qilmoqçi bölişadi, lekin kulgili sabab bilan bu iş amalga oşirilmaydi: tergovçi uning uyiga borganida eşikni heç kim oçmaganini aytadi.
Ammo Ruslan Geremeyev bedarak yöqolmagandi. Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin Ramzan Qodirov e’lon qilgan videolardan birida Geremeyev Çeçeniston bayroğini kötargan holda Mariupolda yurgani körinadi. «Qadrdon inim Ruslan Geremeyev topşiriqni doim oxirigaça bajaradi. Unga Mariupoldagi eng qiyin hudud topşirilgandi. «Mehribon» (Geremeyevning laqabi şunday) vazifani +5 bahoga uddaladi», deb yozgandi Qodirov.
Qodirovning postida köriniş berganidan keyin ham avval bedarak yöqolgan deb hisoblangan Geremeyevni tergov qilişmaydi. Tergovga köra, Muxudinov hamda «yana bir noma’lum şaxs» Nemsovni öldirgan guruhga 15 million rubl mukofot va’da qilgan.
Bedarak yöqolgan va tergov tomonidan qotillik taşkilotçisi deb atalgan Ruslan Muxudinov avvaliga Dubayga qoçgani, keyin esa halok bölgani haqida xabarlar paydo böladi. Lekin 2020 yilda Muxudinov ekani aytilgan odamning surati ijtimoiy tarmoqlarda paydo böladi. Çeçenistonda olingan bu suratni Geremeyevlar oilasi vakili öz sahifasiga joylaydi. Şunga qaramay tergov qotillik taşkilotçisi deb atagan haydovçini topişga kirişmaydi.
Huquq faollarini Muxudinov qotillik taşkilotçisi ekani haqidagi fakt yana bir jihatdan ajablantiradi: qanday qilib oddiy haydovçi katta lavozimdagi harbiylar amalga oşirgan qotillikni taşkil qilişi mumkin? Buning uçun pulni qayerdan olgan? Axir qotillik taşkil qiliş uçun guruh ikkita uyni ijaraga olgan, «toza» qurol topgan, maşina sotib olgan, Nemsovni kuzatiş uçun pul sarflagan.
Nemsovning advokatlariga köra, iş rasman yopilmagan, lekin siljiş yöq, amalda heç qanday iş qilinmayapti, şunçaki tergov uzaytirilgani haqida xat kelib turadi. Oxirgi marta tergov 2023 yil 28 fevralgaça davom etişi haqida xat kelgan. Şu tariqa, Rossiyaning eng maşhur muxolif siyosatçisining asl qotili, qotillikni buyurtma qilganlar 8 yildan buyon topilmayapti.
Putinning aşaddiy tanqidçisi
2011 yil dekabrida Davlat dumasiga saylovlardan keyin Rossiyada keng kölamli namoyişlar tölqini boşlangandi. 6 dekabr kuni Triumfal maydonidagi aksiyaga 10 ming kişi çiqqandi.
Foto: Kirill Kudryavsev / AFP / Scanpix / LETA
Nemsov kimligini bilmaganlar nega bu odamning qotilligiga bu qadar çuqur töxtalişmoqda deb hayron qolişi mumkin. Çindan Moskvadagi Toşköprikda öldirib ketilgan odam oddiy rossiyalik bölganida köpçilik e’tibor bermasdi, özi oddiy odam Kreml oldida öldirib ham ketilmasdi. Noma’lum qotillar öldirgan Boris Nemsov Rossiyani 23 yildan buyon boşqarib kelayotgan Vladimir Putinning aşaddiy tanqidçisi edi.
1959 yil Soçida tuğilgan Boris Nemsov 1991 yildan 1997 yilgaça Nijyegorod oblastining birinçi gubernatori bölgan. 1997 yil aprel oyidan noyabr oyigaça Rossiya Energetika va yonilği vaziri bölib işlagan, 1997-98 yillarda Rossiya Xavfsizlik kengaşi a’zosi bölgan. Gebernatorlik lavozimini egallagan vaqtida Nemsov Rossiya boş vaziri örinbosari bölib işlaydi va bu lavozimni egallagan eng yoş siyosatçi böladi.
Mutaxassisligi böyiça fizik bölgan Nemsov öz yönalişi böyiça 60 ta ilmiy iş qilgan. Siyosatda va ilmda ham nom qozona olgan Nemsovni köpçilik asosan Rossiya prezidentining asosiy tanqidçisi deb bilardi. 2000-yillardan buyon Nemsov Putinni tanqid qilib, köplab ma’ruzalar qiladi. Nemsov Rossiyada haqqoniy saylovlar va mamlakat armiyasining Ukraina hududida harbiy harakatlar olib borişiga qarşi namoyişlar taşkilotçisi bölgan.
Putin haqida nimalar degan?
Boris Yelsin öz vorisi bilan
Foto: Aleksandr Sensov va Aleksandr Çumiçev / TASS
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning asosiy tanqidçisi hozir qamoqda bölgan Aleksey Navalniy deb bilişadi, ammo hatto Navalniy ham Rossiya prezidenti haqida Nemsov kabi keskin fikrlar bildirmagan. Quyida Boris Nemsovning Putin haqida aytgan ba’zi gaplarini keltiramiz.
2011 yil: Putin vaqtida Rossiya faqat xomaşyo sotadigan davlatga aylandi. Uning uçun hammasi yomon tugaydi, xuddi Qazzofiy bilan bölgani kabi. Bizda mustaqil sud yöq, davlat institutlari yöq qilindi, zamonaviy texnologiyalar, IT yönalişidan umid yöq. Rossiya armiyasi qudratli emas, maxsus xizmatlar ham. Rossiyaliklar terrordan himoyalanmagan.
2008 yil: Putin özini Oq uyda ötiribman deb öylaydi, bu xato. Rossiya AQŞ emas. Bu narsa qurollaniş poygasiga olib keladi. Hozir Rossiya qurol uçun 40 milliard dollar sarflamoqda. Bu davlat budjetining 20 foizi. Aytaylik, bu xarajat ikki baravar köpaysa, pulni kimdan olişadi? Nafaqaxörlardan, şifokorlardan, öqituvçilardan.
Oqibatda Rossiyadagi eng muhim muammo – qaşşoqlik özgarişsiz qoladi. Masalan, mening onam 100 yevro pensiya oladi. Undan 70 yevrosini ijaraga tölaydi. Bu esa tirikçilik qiliş uçun kuniga 1 yevrodan puli qoladi degani. Putin esa bu vaqtda qurol-yaroğ çiqarayotgan böladi. Men-ku, onamga yordam beraman, muammo yöq, lekin mamlakatda mening onamga öxşagan 38 million odam bor. 25 million odam kuniga 2 dollardan kam pulga yaşayapti, Putin esa raketa çiqariş bilan band.
Oqibatda dunyodan uziliş boşlanadi, «katta sakkizlik»dan çiqarib yuborilamiz (hozir çiqarilgan), Yevropa Ittifoqi bilan muammolar böladi. Berluskoni va Sarkozi Putinni qançalik sevmasin, YeI odamlarning fikrini inobatga olişga majbur. Şu sabab sanksiyalar böladi.
Biznesga zarba kuçli böladi. Aytaylik, hozir ular «Gazprom»ga biznes emas, siyosat deb qaraşmoqda. Aslida ham şunday. Şu bois, ular endilikda Rossiyadagi har qanday biznesga siyosat deb qaraşadi. Bu esa tadbirkorlik qilişni qiyinlaştiradi.
Hammani öziga duşman deb biladigan Rossiya «duşmanlar» orasida qolgaç, mamlakat içida ksenofobiya boşlanadi. Sayyoradagi qolgan hammani yomon köriş an’anaga aylanadi. Avtoritarlik kuçayib, diktatura şakllanadi.
Dmitriy Gordonga bergan intervyusida:
– Putinni ikki söz bilan ta’riflang-çi.
– Putin çekist. U sovetça dunyoqaraş bilan qolib ketgan odam. Çekist davlatni boşqara olmaydi. Yöq, bu işda kasbning farqi yöq, lekin çekistlar öta şubhali, odamlarni boşqarişni istaydigan kaslar. Ular heç kimga işonmaydi. Bu esa davlat rahbari uçun juda yomon xususiyat.
– Putin bilan senlab gaplaşasizmi?
– U bilan 2003 yildan beri körişganim yöq.
– Ungaça-çi?
– Ungaça menga böysunadigan odam edi.
– Yelsin nega Putinni öz örinbosari etib tayinlagandi?
– Öşanda Yelsin seytnot holatida, Putin esa Berezovskiy va boşqa oligarxlarning yaqin dösti edi, Yelsinga xuddi oila a’zosiday edi. Putin Yelsinga va yaqinlariga daxlsizlik taqdim etdi.
– Yelsin hayoti oxirida bölsa ham öz xatosini anglab yetganmidi?
– U bilan oxirgi marta ölimidan 4 yil avval, 2004 yil körişgandim. Öşanda Yelsin mamlakatda sodir bölayotgan voqealardan, senzuradan, qöşnilarga bölgan munosabatdan, hammaga yov közi bilan qaraşdan qattiq xafa bölgandi. Lekin Tanyaga (qizi) biror nima qilişmasin deb oçiqçasiga heç narsa demagan. Şundan keyin Tanya uning oldiga meni kiritmaslikka harakat qila boşladi.
Nemsov Dmitriy Medvedev prezident bölgan vaqtda ham mamlakatni Putin boşqarişda davom etgani haqida: «Aytaylik, Medvedev mamlakat rahbari sifatida nimanidir özgartirmoqçi. Buning uçun öşa öziga yoqmaydigan Rossiyaning arxitektori bölmiş odamni işdan haydaşi kerak. Bu esa Putin. Medvedev Putinni işdan hayday oladimi? Amalda ha, lekin bunday farmonni tera oladigan harf teruvçi bormikin? Va bu farmonni Putingaça yetkazadigan odam ham topilmaydi. Tabiiyki, Medvedev bu işni qila olmaydi».
Yelsin bilan munosabati
Boris Nemsov Rossiyaning birinçi prezidenti Boris Yelsin bilan yaqin munosabatda bölgan. SSSR tarqalişidan avvalgi Moskvadagi namoyişlarda Yelsin nutq sözlagan maşhur BTR ustida Nemsov ham bölgan. Şu bois, 14 mustamlakasidan ayrilgan Rossiyada Nemsov Putin hukumatga kelgunça siyosiy lavozimlarda işlagan. Nemsov keyinçalik Rossiya prezidenti böladi degan gaplar hukumat doiralarida ham muhokama qilingan. Yelsinning Nemsov bilan tuşgan surati ustiga öz qöli bilan «Sov. sekretno. Peredayu estafetu» (Öta maxfiy, estafetani topşiraman) deb yozgani bunday gaplarni yanada köpaytirgandi. Keyinçalik ma’lum bölişiça, Yelsin bu suratni Nemsovga tuğilgan kunida sovğa qilgan.
2017 yil 22 dekabrida Moskvaga taşrifi çoğida Buyuk Britaniyaning öşa vaqtdagi taşqi işlar vaziri Boris Jonson Nemsov öldirilgan köprikdagi yodgorlikka gul qöygandi. Foto: Stefan Rousseau / AFP / Scanpix / LETA
Hozirgaça har yili 27 fevral kuni Moskvadagi Töşköprikda Boris Nemsovning tarafdorlari uni xotirlab gullar qöyişadi. Dunyoda köplab köçalar, maydonlar Nemsov şarafiga nomlangan. Xususan, AQŞdagi Rossiya elçixonasi joylaşgan köça Boris Nemsov köçasi deb nomlanadi.