Shavkat Mirziyoyev Qo‘shilmaslik sammiti doirasida qator uchrashuvlar o‘tkazdi
Qo‘shilmaslik harakati sammitining yalpi sessiyasi yakunlangach, O‘zbekiston prezidenti delegatsiyalar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan suhbatda savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va energetika sohalarida qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
Ras-al-Hayma amirligi amiri, BAA Oliy kengashi a’zosi shayx Saqr Al-Qosimiy bilan yetakchi kompaniyalarni yangi investitsiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirishga jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasi raisi Chaba Kyoryoshi bilan yetakchi xalqaro tashkilotning joriy yil sentabr oyida o‘tadigan yalpi sessiyasining kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Jahon turizm tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashvili YuNVTO Bosh assambleyasining joriy yil 16-20 oktabr kunlari Samarqand shahrida o‘tadigan navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi. Turizm sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturni amalga oshirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
17:01 / 08.11.2024
Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bayrog‘i qabul qilindi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
17:05 / 04.11.2024
O‘zbekiston prezidenti Qirg‘izistondagi TDT sammitida ishtirok etishi kutilmoqda
17:16 / 01.11.2024