Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev va To‘qayev Chimkentda norasmiy uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari keng ko‘lamli hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.
3 mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Chimkent shahrida norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
«O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Davlat rahbarlari ikki mamlakat Bosh vazirlari o‘rinbosarlari, maxsus ishchi guruhlar hamraislarining imzolangan bitimlar va qabul qilingan qarorlar ijrosining borishi to‘g‘risida hisobotlarini tingladilar. Prezidentlar sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi», deyiladi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabarida.
Madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish muhimligi qayd etilgan. Mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, bo‘lajak tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqilgan.
Oq o‘rda matbuot xizmati tomonidan ham «Qozog‘iston va O‘zbekiston rahbarlarining o‘zaro ishonch, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik ruhida o‘tgan uchrashuvida ikki davlat o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlarining bugungi holati va mustahkamlash istiqbollari atroflicha muhokama qilingani» aytilgan.
«Prezidentlar savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Xususan, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sarmoyalarni jalb etish, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi», deyiladi xabarda.
Shuningdek, mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilgan.
Mavzuga oid
18:07 / 22.06.2026
Qozog‘iston universitetlari Markaziy Osiyoda eng yaxshi deb topildi
08:21 / 22.06.2026
Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston prezidenti administratsiyasi rahbari bilan uchrashdi
17:43 / 19.06.2026
MDH harbiy shtab boshliqlari Ostonada uchrashdi
18:47 / 18.06.2026