— Janob kotib, suhbatga rozilik berganingiz uçun rahmat. Suhbatimizni Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQŞ munosabatlarining hozirgi holati haqidagi savoldan boşlamoqçiman. Xalqaro maydondagi voqealar, xususan Ukrainadagi uruş fonida AQŞning bu mintaqadagi davlatlarga nisbatan taşqi siyosatida özgariş böldimi?

— Avvalo, bizning Markaziy Osiyodagi har bir mamlakat bilan aloqalarimizning boşlanişi ular mustaqillikka erişgan paytga borib taqaladi. Bu aloqalarimiz AQŞning Markaziy Osiyo davlatlari suvereniteti va hududiy yaxlitligini qat’iy quvvatlab-quvvatlaşiga asoslangan. Lekin öylaymanki, oxirgi yillarda özaro munosabatlarimiz bir qator sohalarda çuqurlaşib, mustahkamlanib boryapti. Biz kattaroq iqtisodiy imkoniyatlarni yaratişga, muştarak muammolarga birgalikda yeçim izlaşga intilyapmiz. Iqlim özgarişidan tortib energiyagaça bölgan sohalarda, xalqlarimiz örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş borasida, qolaversa, Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasida çuqurroq integratsiyani yölga qöyiş borasida hamkorlik qilyapmiz.

Bu hamkorligimiz biz C5+1 deb ataydigan platforma doirasida amalga oşmoqda. Keça bu guruhning Qozoğistonda bölib ötgan uçraşuvida iştirok etdim. AQŞ va Markaziy Osiyo örtasidagi hamkorlik aloqalari kuçayib boryapti. Biz muştarak muammolarni birgalikda hal qiliş, Markaziy Osiyoga köproq investitsiya olib kelişda yaxşi hamkor bölişga umid qilamiz. Qolaversa, hamkorlarimizga öz fuqarolarining salohiyatlarini röyobga çiqarişda kömaklaşamiz. Umuman, bu yönalişlarning barçasida birgalikda iş olib boryapmiz.

— Markaziy Osiyo davlatlari Rossiya bilan uzoq yillik aloqalarga ega, u mintaqaning asosiy savdo hamkori hisoblanadi. Mintaqa mamlakatlarining yangi investitsiya va daromad manbalarini şakllantiriş uçun vaqt kerak. Bu haqda siz ham Qozoğistonga safaringiz davomida töxtalib ötdingiz va Rossiyaning sanksiyalar natijasida iqtisodiy zarar körgan hamkor davlatlari kompensatsiya olişini aytdingiz. Şu haqda batafsilroq ma’lumot bera olasizmi?

— Avvalo, Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatlaridan Markaziy Osiyo davlatlari va mintaqa aholisi aksariyat boşqalarga qaraganda köproq zarar kördi. Bu eng avvalo prezident Putin energiya va oziq-ovqat mahsulotlarini Rossiyaning Ukrainadagi tajovuzkorligiga qarşi çiqqan mamlakatlarga qarşi qurol qilib işlatganida körinadi. Bu hamma joyda, jumladan ayrim davlatlarning energetik jihatdan boy bölişiga qaramay, Markaziy Osiyoda ham narx-navoning oşişiga olib keldi. Biz narxlarni pasaytiriş va odamlar bundan zarar körmasliklari uçun jahon bozorlarida yetarliça energiya sotilişi yölida köp işlarni amalga oşirdik.