O‘zbekiston | 14:48 / 04.03.2023
7279
2 daqiqa o‘qiladi

5 mart kuni Toshkentda ayrim markaziy ko‘chalar transport harakati uchun yopiladi

5 mart kuni poytaxtda "Xavfsiz hayot uchun" aksiya doirasida velosipedchi va piyodalar yurish marafonlari o‘tkaziladi.  

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan soat 06:00 dan 11:00 gacha qator ko‘chalar avtotransport harakati uchun yopiladi.

Ko‘chalar:

  • Islom Karimov va Furqat ko‘chalari chorrahasidan Sharof Rashidov ko‘chasigacha;
  • Islom Karimov chorrahasidan Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov va Afrosiyob ko‘chalari chorrahasigacha;
  • Sharof Rashidov va Afrosiyob ko‘chalari chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasigacha;
  • Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasidan Furqat va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasigacha;
  • Beshyog‘och va Furqat ko‘chalari kesishgan chorrahasidan Furqat ko‘chasi bo‘ylab, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha. 
  • 4 mart kuni soat 18:00 dan 05 mart kuni soat 13:00 gacha Afrosiyob ko‘chasi: Islom Karimov va Afrosiyob ko‘chalari chorrahasidan Beshyog‘och ko‘chasigacha harakat cheklanadi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid