KGB va MRB örtasidagi josuslik öyinlari: Stepan Banderani öldirgan KGB josusi nega Ğarbga qoçib ketgandi?
|16:29 / 04.03.202329 15113 min
1957 yilda GFRda Ukraina milliy ozodlik harakati rahbari Lev Rebet vafot etadi. Unga yurak xuruji taşxisi qöyiladi. 1959 yilda Rebetning safdoşi Stepan Bandera vafot etadi. Avvaliga Bandera ham yurak xurujidan ölgani aytiladi. Biroq uning tanasidan zahar izlari topilgaç Bandera suiqasd qurboni bölgani oydinlaşadi. Keyinçalik Rebet ham öz ajali bilan ölmagani, Bandera va uni KGB josusi Bogdan Staşinskiy öldirgani oşkor böladi.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
KGB josusi Bogdan Staşinsiy nomi uçta iş bilan maşhur bölgan. U 1957 yilda Myunxen şahrida yaşab kelayotgan Ukraina milliy ozodlik harakati rahbari Lev Rebetni öldiradi.
1959 yilda Myunxenda Rebetning safdoşi Stepan Banderani zaharli öq bilan otib öldiradi.
1961 yilda Staşinskiy kutilmaganda Ğarbiy Berlin orqali GFRga qoçib ötadi. KGBga sadoqat bilan xizmat qilgan muhim rutbadagi josusning Ğarbga qoçib ötişiga nima sabab bölgandi?
1950-yillarning ikkinçi yarmi, 1960-yillar boşi KGB va davlat razvedka boşqarmasi (GRU) uçun oğir yillar böldi. Juda köp xodimlar AQŞ va Yevropa davlatlari xavfsizlik xizmatlari bilan aloqa boğlab Ğarbga qoçib ötdi. Ular orasida KGB maşhur josusi Bogdan Staşinskiy ham bor edi.
Öz sadoqati bilan nom qozongan va Ukraina milliy ozodlik harakatining ikki nafar rahnamosini öldirgan Bogdan Staşinskiyning Ğarbga qoçib ötişi kutilmagan hol edi.
Bogdan Staşinskiy
Staşinskiy Ğarbga qoçib ötganidan söng KGB uning ortidan ov boşlab yuboradi. Biroq KGB josuslari Bogdanni öldirişga muvaffaq böla olmaydi.
Bogdan Staşinskiyning tarjimayi holi yana bir haqiqatni yuzaga çiqaradi. U haqdagi ma’lumotlarda Bogdan 1931 yilda Polşa Respublikasining Lvov voyevodstvosida tuğilgani yozilgan.
Lvov şahri va uning atrofidagi yerlarda azaldan ukrainlar yaşab kelgan bölsa ham u joylar 1939 yil oktyabr oyigaça Polşa tarkibida edi.
Faşistlar Germaniyasi va SSSR örtasida tuzilgan şartnomaga (Molotov-Ribbentrop pakti) köra sovetlar Polşaning şarqiy qismini 1939 yil sentabr-oktyabr oylarida bosib olişadi. Şu tariqa maktab yoşida bölgan Staşinksiy ham sovet fuqarosiga aylanadi. Biroq bu uzoq davom etmaydi.
Sovet hukumati Ğarbiy Ukrainada öz hokimiyatini şakllantirişga ulgurmasdan 1941 yil 22 iyunda faşistlar SSSRga bostirib kiradi. Lvov tez fursatda nemislar qöl ostiga ötadi.
1944 yilda sovet armiyasi Ğarbiy Ukrainani faşistlardan ozod qiladi. Bu paytda Bogdan maktabning yuqori sinfida öqirdi. 1945 yilda u maktabni bitirib institutga kiradi.
Mavzuga oid
Bogdan Staşinskiy yoşlik yillarida
Öşa paytda köplab yoşlar qatori Staşinskiy ham Ukrainani ozod qiliş milliy harakatiga xayrixoh bölgan va uning maxfiy yiğinlarida qatnaşib turgan.
Ğarbiy Ukrainada sovet hokimiyatini mustahkamlaş işlari olib borilar ekan, NKVD xodimlariga istalgan şaxsni bölimga olib borib tergov qilişga va uning siyosiy qaraşlarini tekşirib körişga vakolat berilgandi.
1950 yilda Staşinskiy ham NKVD xodimlari qöliga tuşib qoladi va birinçi söroqdayoq ukrainlarning maxfiy taşkilotiga xayrixoh bölganini tan oladi.
Şundan söng NKVD xodimlari uni jazolamaslik evaziga ma’lumot yetkazib turişini taklif etişadi. Bogdan rozi böladi. Şu tariqa Ukraina milliy ozodlik harakati a’zosi NKVD bilan faol hamkorlik qila boşlaydi.
KGBdagi faoliyatning boşlanişi
1953 Stalin vafotidan söng NKVD rahbari Lavrentiy Beriya qölga olinib ölimga hukm qilinadi. Şundan söng KGB NKVD tarkibidan çiqarilib, alohida tuzilmaga aylantiriladi.
Şu orada işonçni oşiği bilan oqlagan va öz hammaslaklarini NKVDga uşlab bergan Staşinskiy şartli «Oleg» nomi bilan KGB tuzilmasiga işga olinadi. 1954 yilda Bogdanni Berlinga jönatişadi. KGB GFRdan boşpana topgan Ukraina milliy ozodlik harakati rahnamolarini yöq qilişni rejalaştirgandi.
1956 yilda Staşinskiy KGB 6-bölimning GDR böyiça muvofiqlaştiruvçisi Aleksey Deymondan Ukraina milliy ozodlik harakati rahnamolaridan biri Lev Rebetni öldiriş topşiriğini oladi.
Lev Rebet
Öşa paytda Lev Rebet Myunxenda yaşar va GFRda ukrain tilida çop etiladigan jurnal boş muharriri edi. Staşinskiy avvaliga uni öğirlab ketmoqçi böladi. Biroq begona davlatda bu oson emasdi. Şundan söng Staşinskiyga Lev Rebetni öldiriş kifoyaligi aytiladi.
1957 yilda Staşinskiy Zigfirid Dreger nomiga olingan pasport bilan bir neça marta Myunxenga boradi va Lev Rebetni kuzatadi. Öşa yili kuzda Staşinskiy Lev Rebetni ertalab u redaksiya binosiga kirişida zaharli öq uzadigan maxsus töpponça bilan otib ketadi.
Oradan biroz ötib u Levning ölganiga işonç hosil qiliş uçun hodisa joyiga qaytib keladi. Staşinskiy tez yordam xodimlari joni uzilgan Levni olib çiqişayotganini köradi va Berlinga qaytadi.
Staşinskiy işlatgan zahar insonga 2-3 daqiqada ta’sir qilardi. Öşanda Lev Rebetni KGB xodimi öldirgani heç kimning xayoliga kelmaydi va u yurak xuruji tufayli vafot etgan deb qayd etiladi. KGB esa operatsiya muvaffaqiyatli ötkazilgani uçun Staşinskiyni taqdirlaydi.
Stepan Banderaning öldirilişi
1958 yil 25 may kuni Staşinskiy Ukraina milliy ozodlik harakati rahnamolaridan yana biri Stepan Banderani öldiriş haqida topşiriq oladi. Stepan Bandera xavfsizlik nuqtayi nazaridan Myunxenda boşqa ism-şarif bilan yaşar, biroq KGB buni bilardi.
1959 yil 15 oktyabr kuni Staşinskiy Banderani uyiga ketayotganida kuzatib boradi. Yölakda Lev Rebet öldirilgan quroldan unga ham öq uzadi. Söng u yerdan çiqib ketadi.
Oradan bir muddat ötib qöşni ayol Banderaning oğzi va burnidan qon oqqan holda yölakda yotganini körib qoladi. Ayol darhol yuqori qavatdagi uyida bölgan Banderaning xotiniga, söng politsiya hamda tez yordamga xabar beradi. Tez yordam Banderani şifoxonaga olib ketayotganida u vafot etadi.
Ikkinçi muhim topşiriqni ham muvaffaqiyatli bajargan Staşinskiy Frankfurt orqali Berlinga uçib ketadi.
Stepan Bandera tobutda
Şifokorlar avvaliga Banderani insultdan vafot etgan deb öylaşadi. Politsiyaçilar u öz joniga qasd qilgan degan taxminga ham boradi. Biroq şifoxonada Banderaning tanasida sianid kaliy topiladi.
Şundan söng Berlin politsiyasi Banderaga suiqasd uyuştirilgani böyiça iş oçadi. Banderaning GFRda yaşayotgan hammaslaklari uning ölimida KGBning qöli borligi haqida aytib çiqadi. Biroq sovetlar buni rad etadi.
1959 yil 3 noyabr kuni Bogdan Staşinskiy KPSS markaziy qömitasi prezidiumining maxfiy farmoni bilan «Qizil bayroq» ordeni bilan taqdirlanadi.
Ğarbga qoçiş
1959 yil noyabr oyida «Qizil bayroq» ordenini topşiriş uçun Bogdan Staşinskiy Moskvaga çaqiriladi. U dekabr oyi boşida Aleksandr Krilov ism-şarifi bilan Moskvaga keladi. Uni KGB rahbari Aleksandr Şelepin va xorijiy razvedka xizmati boşliği Aleksey Kroxin qabul qiladi.
Sobiq KGB rahbari Aleksandr Şelepin
Staşinskiy rahbariyat bilan uçraşuv çoğida Inga ismli nemis qiz bilan nikohdan ötişiga ruxsat söraydi. Gap şundaki, Berlinda yaşab yurgan Staşinskiy 1957 yilda Inga ismli nemis qizi bilan tanişib, u bilan uçraşib yuradi. Biroq qizga özining KGB josusi ekanini aytmaydi.
KGB josusining xorijlik ayolga uylanişi qabul qilib bölmas hol edi. Ammo rahbariyat Staşinskiyga nemis qizga uylanişga ruxsat beradi. Biroq unga xotini bilan Moskvaga kelib yaşaş şarti qöyiladi.
Öz rahnamolaridan uylanişga ruxsat olgan Staşinskiy Berlinga qaytgaç Ingaga GDRni tiklaş işlarida qatnaşayotgan oddiy sovet fuqarosi emas, KGB josusi ekanini aytadi. Qiz undan haqiqatni eşitib dahşatga tuşadi.
Inga Moskvada har ikkisini jazolaşlari mumkinligini aytadi va Staşinskiyga Ğarbga qoçişni taklif qiladi. Vaziyatni çamalab körgan Bogdan qizning gaplarida jon borligini anglaydi.
Biroq Staşinskiy qizga dabdurustdan Ğarbga qoça olmasligini, bu uçun öziga biroz vaqt kerakligini aytadi. Qiz rozi böladi. 1960 yil boşida Inga va Bogdan boşqa ism-şarif bilan Moskvaga kelişadi.
Moskvada Staşinskiyga sartaroş niqobi ostida Buyuk Britaniya yoki Şveytsariyaga köçib ötişga tayyorgarlik körişni buyurişadi. Er-xotinga Moskvada kvartira berişadi va ular bir neça oy şu yerda qolib ketişadi.
1960 yil kuzda Inga homilador böladi. Rahbariyat xorijga ketişda muammo bölmasligi uçun Staşinskiyga bolani abort qiliş yoki tuğilgandan söng bolalar uyiga joylaş lozimligi haqida topşiriq beradi. Biroq Inga bunga könmaydi va bolani tuğişga qaror qiladi.
Staşinskiy xotini Inga bilan
1960 yil dekabr oxirida Staşinskiy va xotini Berlinga Inganing ota-onasini körib kelgani bormoqçi bölişadi. Rahbariyat faqat Ingaga ruxsat beradi va u jönab ketadi. Staşinskiy Moskvada qoladi. Inga ortga qaytmaydi va GDRda qoladi.
1961 yil martda Berlinda Inga muddatidan avval tuğadi. Çaqaloq öğil edi. Staşinskiy rahbariyatdan xotinining oldiga borib kelişga ruxsat söraydi va rad javobini oladi.
1961 yil avgustda Staşinskiyning öğli vafot etadi. Öşa paytda Inga erining KGB josusi ekani haqida GDR maxfiy xizmatiga ma’lumot berişi mumkinligi inobatga olinib, Staşinskiyga boşqa bir josus hamrohligida Berlinga borişga ruxsat berişadi.
Berlinga yetib borgan Staşinskiy şifoxonaga borib öğlining jasadini köradi. Söng Inga bilan qoçişga qaror qilişadi. Staşinskiy özini kuzatib yurgan KGB josusining közini şamğalat qilib Inga bilan taksiga ötiradi va GFR nazoratida bölgan Ğarbiy Berlinga jönaydi.
Ular qölga tuşib qolmaslik uçun bir neça marta transport almaştirib Ğarbiy Berlin hududiga ötişadi. Öşa paytda Inga öz hujjati bilan GFR hududiga bemalol ötar, Staşinskiyda ham nemisça ism-şarif bilan olingan pasport bor edi.
Ular çegaraga borayotganda özlarini GFR çegaraçilariga topşirişni maqsad qilişadi. Biroq sal avval Xruşçyov hamda GDR rahbari örtasida GDR fuqarolari GFRga erkin ötişlari haqida imzolangan kelişuv Bogdan va Inga qoçgan tunda kuçga kirgan edi. Şu sababli GFR çegaraçilari er-xotinni ötkazib yuborişadi.
Bogdan va Inga Ğarbiy Berlinga ötgaç töğri politsiya idorasiga borişadi va özlarini topşirişadi. Oradan bir kun ötib ularni Ğarbiy Berlindan Frankfurtga olib çiqib ketişadi.
Frankfurtda Staşinskiyni Markaziy razvedka byurosi (MBR) xodimlari söroq qiladi. U şu yerda 1957 yilda Lev Rebetni, 1959 yilda Stepan Banderani öldirganini tan oladi.
Banderaning öldirilişi sahnasi
Staşinskiyning Ğarbga qoçib ötgani haqida KGB rahbariyati xabar topgaç GDRda unga rahbarlik qilgan josus, şuningdek, KGBning Berlindagi rezidenturasi rahbari Moskvaga çaqirib olinadi. Ular işdan böşatilib jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Şuningdek, KGB GDR va GFRdagi josuslariga Staşinskiyni yöq qilişni buyuradi. Biroq u qamoqda saqlanayotgani uçun buning iloji bölmaydi.
Sud jarayoni
Garçi Ğarbga qoçib ötib köplab maxfiy ma’lumotlarni oşkor qilgan bölsa-da, Staşinskiy ikkita qotillik uçun javob berişi lozim edi.
Lev Rebet va Stepan Banderani KGB xodimi öldirgani oşkor bölgaç butun dunyoda yaşayotgan ukrainlar turli şaharlarda SSSRga qarşi namoyişlar ötkazişadi. Bu payt Staşinskiy tergov qilinayotgan edi.
1962 yilda Staşinskiy sud-tibbiy ekspertizasidan ötkaziladi. Ekspertizada ruhiy soğlom deb topiladi. Öşa yili oktyabr oyida sud jarayoni boşlanadi. Sudda da’vogar sifatida Stepan Banderaning qizi Natalya ham qatnaşadi.
Sud jarayonida Staşinskiy KGBga tegişli va öz faoliyatiga doir juda köp ma’lumotlarni oşkor qiladi. U keyingi «qurbon» sifatida Banderaning yordamçisi Ukraina milliy ozodlik harakatining yana bir rahnamosi Yaroslav Stetskoni öldiriş haqida topşiriq olganini ham aytadi.
Yarotslav Stetsko
Ma’lum bölişiça, Inga bilan turmuş qurgaç Moskvaga qaytişi Stetskoni öldiriş operatsiyasini ötkazişga tösqinlik qilgan.
Prokuror Staşinskiyga umrbod qamoq jazosi söraydi. Banderaning qizi buni qöllab-quvvatlaydi. Garçi u ikkita qotillikda aybdor deb topilgan bölsa ham Staşinskiy bor-yöği 8 yil qamoq jazosi oladi.
Sud Staşinskiy öz aybiga iqror bölib kelganini inobatga olgan holda unga yengil jazo berilganini ma’lum qiladi. Sud hukmi e’lon qilingaç nemislar va Germaniyadagi ukrain jamoasi norozi böladi. Ularga köra Staşinskiy umrbod qamalişi kerak edi.
1969 yilda GFR Adliya vaziri Staşinskiy muddatidan ikki yil avval qamoqdan ozod bölganini ma’lum qiladi. Şu tariqa KGB sobiq josusi 6 yil qamoqda ötiradi va 1968 yilda ozod qilinadi.
Staşinskiyning keyingi hayoti haqida ma’lumotlar yöq. Rossiyalik tahlilçilarning ma’lumotiga köra, 89 yoşli Staşinskiy ayni paytda ham tirik va u AQŞda yaşamoqda.