Germaniya iqlim o‘zgarishidan 900 mlrd yevro zarar ko‘rishi mumkin
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, global isish darajasiga qarab, Germaniya iqtisodiyotiga 2050 yilga borib yetkazilgan zarar 280 milliarddan 900 milliard yevrogacha bo‘ladi.
Birgina Germaniyada iqlim o‘zgarishi 2050 yilga borib 900 milliard yevrogacha zarar keltirishi mumkin. Bu haqda 6 mart, dushanba kuni Germaniyaning Handelsblatt gazetasi Germaniya iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qilish vazirligi topshirig‘iga asosan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga tayanib xabar berdi.
Ekologik va iqtisodiy tadqiqotlar instituti (IÖW), Iqtisodiy tuzilmaviy tadqiqotlar jamiyati (GWS) va Shveytsariyaning Prognos AG tahlil markazi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot turli ssenariylar bo‘yicha xarajatlarni taxmin qiladi. Global isish ko‘lamiga qarab, ekspertlar 2022-2050 yillar oralig‘ida Germaniya iqtisodiyotiga yetkazilgan zarar 280 milliarddan 900 milliard yevrogacha bo‘lishini taxmin qilyapti.
«Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi jiddiy iqtisodiy oqibatlarga olib kelmoqda, u sezilarli darajada oshishi mumkin», deya ma’lum qildi nashrga iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qilish vaziri kotibi Stefan Vensel. - Iqlimni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan har bir yevro kelajakda ekstremal ob-havo hodisalari natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy xarajatlarni kamaytiradi».
Mavzuga oid
20:26 / 12.11.2024
Germaniya bundestagida muddatidan oldin o‘tkaziladigan saylovlar sanasi ma’lum bo‘ldi
18:18 / 12.11.2024
Jahonda 10 yil davomidagi tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zarar 2 trillion dollardan oshdi
07:50 / 12.11.2024
Germaniyada Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlash pasaymoqda
20:57 / 11.11.2024